JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI

JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI — Qozogʻiston shim. dagi kon. Tobol daryosi irmogʻi havzasida Jetigʻara oʻta asos togʻ jinslari massivining jan. qismida joylashgan. 1916-y. da ochilgan, 1939—42 y. larda razvedka qilinib 1965-y. dan ishga tushirilgan. Kon 4 ta asbest uyumidan iborat. Eng yirik «asosiy» uyumi ishlab chiqarishda. Asbest zaxirasi (37 mln. t) ning 80% shu uyumda. Uyumning uz. 3800 m, qalinligi 80—100 m dan (shim. da) 450—500 m. gacha (jan. da). Xrizotil-asbest joylashgan jinslar serpentinit va serpentinlashgan peridotitlardan iborat. Rudadagi xrizotilasbestning miqdori 3,88%. Qazib olish va qayta ishlash markazi — Jetigʻara.


Lotin alifbosida maqola: JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QOZOGʻISTON
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты