KAVENDISH TAJRIBASI

KAVENDISH TAJRIBASI — Yerning gravitatsion tortishish doimiysi uni aniqlash tajribasi. Bu tajribani 1798-y. da birinchi boʻlib G. Kavendish oʻtkazgan. Kavendish tajribasida massalari aniq oʻlchangan, bir-biriga teng, gorizontal sterjenga mahkamlangan va kvars ipga osilgan qoʻrgʻoshin sharchalardan iborat qurilmadan foydalanilgan. Har birining massasi M boʻlgan ikkita qoʻrgʻoshin sharcha t massali sharchalar yaqiniga keltiriladi. Kavendish tajribasida t = 730 g = 0,73 kg; M = 158 kg. M va t orasidagi gravitatsion tortishish sterjenni aylanishga majbur qiladi va kvars ip buraladi. Ipning buralish momentidan tortishish kuchi va t b-n M massalar orasidagi masofa aniq oʻlchab olinadi. Natijada u formuladan Yerning gravitatsion doimiysi topiladi. Kavendish tajribasi bir necha marta qaytarilib, u = 6,685-10-«sm3/gx2 ekanligi maʼlum boʻldi. Bu tajribaga asoslanib Yer va d» 2. b. sayyoralar massasi aniqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: KAVENDISH TAJRIBASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
KOSMOGONIYA
Bojalar guruhi - Topiladi
SAYYORALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты