KALEDON BURMALANISHI

KALEDON BURMALANISHI (Shot landiyaning lot. nomi Kaledoniyadan) — erta paleozoy va silur davrlarida sodir boʻlgan tof hosil boʻlish jarayoni. Baʼzi hududlarda devon davrida yakunlangan. Kaledon burmalanishi terminini fanga fransuz geologi M. Bertran 1887-y. da kiritgan. Kaledon burmalanishi Britaniya o. larining katta qismi, Skandinaviya ya. o. ning shim.gʻarbiy qismida, Shpisbergen o. larida, Osiyoda — Markaziy Qozogʻistonning gʻarbiy qismi, Gʻarbiy Sayan, Togʻli Oltoy, Mongoliya Oltoyi, Jan.-Sharqiy Xitoy, Sharqiy Avstraliyada, Grenlandiyaning shim. va sharqiy qismida, shuningdek, Shim. Appalachi va b. joylarda boʻlib oʻtgan. Kaledon burmalanishi choʻkish va koʻtarilish davrlarini oʻz ichiga oladi. Kaledon burmalanishining eng dastlabki fazasi kembriyning oʻrta va oxiriga, asosiy fazalari esa ordovik oxiri — silur boshi va oxiriga hamda devon boshiga toʻgʻri keladi. Dastlab geosinklinal havzalar paydo boʻlgan. Bu havzalar gilli slanes, grauvakka, spilitdiabaz, diabaz, ohaktosh kabi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Geosinklinal havzalari Kaledon burmalanishining 2-davrida koʻtarilib, undagi qatlamlar burmalangan va ularning oʻrnida togʻ tizmalari paydo boʻlgan. Yerning geologik rivojlanish tarixini oʻrganishda Kaledon burmalanishining oʻrni muhim. Kaledon burmalanishining gersin burmalanishidan farqi koʻplab hududlarda geosinklinal rivojlanishi yakunlanmaganligi, yaqqol ifodalangan old botiklarning yoʻqligi, kechki kaliyli granitlarning kamligi va erta geosinklinal vulkanizm va ofiolitlarning keng tarqalganligidadir. Kaledon burmalanishi boʻlgan hududlardan xrom, nikel, oltin, nodir metallar, fosfor konlari koʻp topilgan.

Ad.: Tektonika Yevrazii, M., 1966; Pronin A. A., Kaledonskiy sikl tektonicheskoy istorii Zemli, L., 1969.


Lotin alifbosida maqola: KALEDON BURMALANISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ITALIYA
CHOʻKINDI TOF JINSLARI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты