KALIF-ShEROBOD QATOR TEPALARI

KALIF-ShEROBOD QATOR TEPALARI — Hisor (Koʻhitangtov) tizma togʻlarining jan.-sharqiy etaklari va Surxondaryo viloyatidagi qator tepalar. K.-Sh. q. t. janubi-gʻarbdan shim.-sharqqa tomon choʻzilgan. 2 qismdan iborat: Kalif qismi Amudaryodan boshlanib Turkmaniston bilan Oʻzbekiston chegarasigacha davom etadi. Sherobod qismi esa chegaradan Sherobod daryosigacha choʻzilgan. Kalif qismi uz. 26 km, eng baland joyi 839 m. U 2 qismdan: shim.-gʻarbiy (Katta-Chagʻal, 839 m; Kiyan-Chagʻal, 519 m; Korajadogʻ, 446 m) va jan.-sharqiy qismi (Rangibalan, 705 m va Kulapashar, 446 m)dan iborat. Ularning orasi pastqamlik. Eng keng joyi 12 km. Sherobod qismi nisbatan ensizroq (8—10 km), uz. 50 km, ikki qator tepa — gryada boʻlib, shim.-gʻarbiy qismi Oqtov (985 m), Qorachagʻil (1116 m), jan.-sharqiy qismi esa Oqtov (850 m), Daragitov (860 m) va Xoʻjaibesh (1100 m) dan iborat. K.-Sh. q. t. kuchli parchalangan. Jan.sharqiy yon bagʻirlari nisbatan yotiqroq va qiya tekislikka aylanib asta-sekin Sherobod choʻliga tutashadi. Shim.-gʻarbda esa Poshxurd botigʻi va Qoʻhitangtov togʻ oldi past-baland qirlari va past togʻlari bilan tutashadi. K.-Sh. q. t. ning suvayirgʻichlari paleogenning nurashga chidamli qumtoshlaridan tuzilganligi tufayli shakli keskin ifodalangan va quyida yotgan jinslarni nurashdan saqlaydi. Antiklinallarning oʻq qismi boʻr (gil, qumtosh, alevrolit va mergel), yon bagʻirlari esa paleogen va neogen davrlari (qumtosh, ohaktosh) jinslaridan tashkil topgan. Qator tepalar uchun kuesta relyef shakli xos. Doimiy oqar daryolar yoʻq. Muzrabot, Talxab darasidan oqib oʻtuvchi soylar bahorda sersuv. Tuproklari oddiy boʻz tuproq, Sherobod tepalari toʻq boʻz tuproq. Yotqiziqlar tarkibida gips va tuz mavjud boʻlganligi tufayli tuproqlar, grunt hamda quduq suvlari ham shoʻr. Qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, biyurgʻun, shoʻra, gulxayri, oqquray va b. oʻsimliklar oʻsadi. Asosan, chorvachilik, ayrim joylarda lalmi dehqonchilik b-n shugʻullaniladi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga oʻrtacha 1—3 s.


Lotin alifbosida maqola: KALIF-ShEROBOD QATOR TEPALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
JANUBIY AMERIKA
ITALIYA
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты