JINOYAT HUQUQI

JINOYAT HUQUQI — huquq tizimining bir tarmogʻi; oliy davlat hokimiyati organi tomonidan oʻrnatilgan, qonun bilan qoʻriqlanadigan, ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli boʻlgan tajovuzlarning jinoyat ekanligi va jazoga loyiqligini, jazo choralari tayinlash shartlari va tartibini hamda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilaydigan huquqiy meʼyorlar yigʻindisi. OʻzRda Jinoyat huquqining asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va jinoyat qonunidir. Jinoyat huquqi jinoyat qonunining amalda tatbiq qilinishidan kelib chiqadigan munosabatlarni oʻrganadi, jinoiy javobgarlik asoslari va tamoyillarini belgilaydi. Jinoyat huquqining vazifalari shaxcni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muxitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoii tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olishdan, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruxida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat huquqi davr talabidan kelib chiqqan holda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi qoidalariga asoslanadi. Jinoyat huquqi 2 qismdan iborat. Bular: Umumiy qism va Maxsus qism. Umumiy qism Jinoyat huquqining vazifalari va tamoyillarini amalda qoʻllanish doirasi, javobgarlikning asoslari, jazo turlari va ularni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari toʻgʻrisidagi masalalarni oʻz ichiga oladi. Maxsus qism esa alohida jinoyatlar va shu jinoyatlar uchun tayinlanadigan jazolarni oʻz ichiga oladi.

Jinoyat huquqi fani jinoyat qonunchiligining ijtimoiy vazifalari va ijtimoiy samaradorligini, rivojlanish tamoyillari va muammolarini xam oʻrganadi.


Lotin alifbosida maqola: JINOYAT HUQUQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAZODAN OZOD QILISH
TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
DAVLAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты