KANT

KANT (Kant) Immanuil (1724.22.4 — Kenigsberg — 1804.12.2) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg un-tida prof. (1770—96). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geogr. dan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi. Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi:

1) , tabiiy-ilmiy bosqich (1747—| 1755) — bu davrda «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga surdi (q. Kant gipotezasi);

2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, tanqidiy olami va aql-idrok olamining shakli va asoslari haqida», 1770);

3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aklning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1789),. «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obyektdir. «Biz uchun narsa» — obyektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy xarakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obyekti boʻla olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega;

4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, ped., tabiiy geogr. va pragmatik antropologiya (yaʼni xarakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (mas, mat., falsafa va b.). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi.

Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi K. ning gʻoyalariga qarshi chikdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar yerlarini bosib olib oʻzini oklashga urinishni, jinoyat qilib oʻz aybiga iqror boʻlmaslikni, ajratib tashla va xukmronlik qil aqidasini axloqqa zid xatti-xarakat deb baholaydi. Kant fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 19-a. ning 60-y. larida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik vujudga keldi.

Abdulla Ayupov.


Lotin alifbosida maqola: KANT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
FOROBIY
FALSAFA
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты