KARBIDLAR

KARBIDLAR (lot. carbo — koʻmir) — uglevodorodning, asosan, metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari. Kimyoviy bogʻi turiga koʻra, Karbidlar 3 asosiy guruhga boʻlinadi: ion (yoki tuzsimon), kovalent va metallsimon Karbidlar

Ion Karbidlar tarkibida metall kationlari va uglerod anionlari boʻladi. Ion Karbidlarga atsetilenidlar (atsetilen S2N2 dagi vodorod oʻrnini metall atomlari egallashidan xrsil boʻlgan mahsulotlar) va metanidlar (metan SN4 dagi vodorod oʻrnida metall atomlari boʻlgan mahsulotlar) kiradi. Ishqoriy metallar karbidlari (Li2C2, Na2C2 va b.), ishqoriy-yer metallar karbidlari (SaS2, VaS2, MgC2 va b.), siyrak-yer metallarning yuqori karbidlari (YC2, LaC2 va b.), aktinoidlar karbidlari (ThC2 va h. k.) atsetilenidlardir. Kalsiy karbidga oʻxshagan atsetilenidlar suv yoki suyultirilgan kislotalarda parchalanib, atsetilen (yoki atsetilenning boshqa uglevodorodlar, baʼzan vodorod bilan aralashmasi)ni ajratib chiqaradi. Oson gidrolizlanib, metan ajratib chikaradigan berilliy karbid Ve,S, alyuminiy karbid A14S, metanidlarga mansub.

Kovalent Karbidlarga kremniy karbid SiC va bor karbid V4S (toʻgʻrirogʻi V|2S3) misol boʻla oladi. Bularda atomlararo bogʻ juda mustahkam. Kovalent Karbidlar nihoyatda qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy jihatdan inert moddalar — yarimoʻtkazgichlar hisoblanadi.

Metallsimon Karbidlarga qiyin eriydigan metallar K. i kiradi. Bu K. elektrni yaxshi oʻtkazgani uchun «metallsimon» deb atalgan. Ularning qattiqligi juda yuqori, ishqalanishga yaxshi chidaydi. Titan karbid TiC, pyx karbid ZnC, niobiy karbid NbC, gafniy karbid HfC va tantal karbid TaS larning bir-biri bilan hosil qilgan qotishmalari muhim. Mac, 25% HfC va 75% TaS dan iborat qotishmaning suyuqlanish t-rasi juda yuqori (4000° ga yaqin). Metallsimon Karbidlar ishqorlar taʼsiriga chidamsiz, lekin kislotalar taʼsiriga juda chidamli. Metall va koʻmir kukunini inert gaz yoki qaytaruvchi muhitda qizdirib, shuningdek, metallni 1500—2000° da suyuqlantirib (ayni vaqtda karbidlab) Karbidlar olish usullari koʻproq qoʻllaniladi. Karbidlar elektr pechlar uchun isitkichlar tayyorlashda, qattiq metallkeramik qotishmalar, issiqqa va olovga bardoshli qotishmalar, abraziv materiallar olishda, uzatma quvurlar, reaktorlar i. ch. da kaytaruvchi va katalizator sifatida, shuningdek, elektronikada koʻp ishlatiladi.

Ad.: Vыsokotemperaturnыye karbidы, pod red. G. V. Samsonova, Kiyev, 1975, Svoystva, polucheniye i primeneniye tugoplavkix soyedineniy. Spravochnik pod red. T. Ya. Kosolapovoy, M., 1986.

Nusrat Rahmonbekov.


Lotin alifbosida maqola: KARBIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALSIY
UGLEROD
METALLAR
GIDRIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты