JINSIY SIKL

JINSIY SIKL — jinsiy voyaga yetgan urgʻochi xdyvonlarda koʻpayish bilan bogʻliq holda takrorlanib turadigan morfofiziologik jarayon. Yil davomida koʻpayadigan hayvonlarda bu jarayon koʻp marta va toʻxtovsiz takrorlanib turadi (politsiklik hayvonlar). Politsiklik Jinsiy sikl mavsumiy koʻpayadigan va koʻpayish davrida bir Jinsiy sikl hosil qiladigan turlar uchun xos (maye, qon soʻruvchi pashshalarning gonadotrofik sikli). Moʻtadil va oʻrta mintaqalarda tarqalgan hayvonlarning bitta gonotrofik sikli boʻladi (monotsiklik hayvonlar). Har xil hayvon turlari va hatto ayrim individlarning Jinsiy sikl davri bir xil boʻlmaydi. Eng oddiy holda Jinsiy sikl faqat follikulyar davrdan iborat. Bu davr mobaynida tuxum oʻsib rivojlanadi va tashqi muhitga chiqariladi (baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning uvildiriq tashlashi, sudralib yuruvchilarning tuxum qoʻyishi). Qushlar J. s. 3 davr: follikulyar (oʻsish, yetilish, tuxumdondagi ovulyatsiya), tuxum bosish va joʻja boqish davrlaridan iborat.

Toʻliq Jinsiy sikl yoʻldoshli sut emizuvchilar uchun xos boʻlib, 4 davrdan iborat. Follikulyar davrida tuxumdonlarda estrogen gormon ajratib chiqaradigan follikulalar yetiladi. Estrogen urgʻochi hayvonlarda maʼlum sharoitda jinsiy qoʻzgʻalish paydo qiladi va jinsiy organlarga qon oqib kelishini keskin kuchaytiradi. Follikulalar yetilgan sayin yeriladi (ovulyatsiya sodir boʻladi), hosil boʻlgan tuxumlar tuxumdonga tushadi. Tuxum yoʻlida tuxum urugʻlanishi mumkin. Tuxum yoʻlidan tuxum bachadonga oʻtadi. Lyutein, yaʼni sariq tana davrida boʻshab qolgan tuxum follikulalari qonga progesteron ajratib chiqaradigan sariq tanaga aylanadi. Progesteron taʼsirida follikulalarning rivojlanishi toʻxtaydi, bachadon devori qalinlashib, sut bezlari yiriklashadi. Urugʻlangan tuxumning bachadon devoriga implantatsiyasi (yopishishi)dan soʻng homilalik davri, undan soʻng laktatsiya davri boshlanadi. Sariq tana funksiyasi soʻnggi 2 davr mobaynida davom etadi. Tuxum hujayra urugʻlanmay qolsa, u holda Jinsiy sikl dastlabki 2 davr bilan cheklanadi. Tuxum ichida kechadigan jarayonlarning ritmik almashinuvi (ovarialsikl) bachadon va jinsiy qindagi siklik oʻzgarishlarga, bachadondagi tinch davr tuxumdagi follikulyar fazaga moc keladi. Undan keyingi proliferativ davrida bachadonni va uning devorini qoplab turgan epiteliyning qalinlashuvi kuzatiladi. Ovulyatsiyadan keyingi sekretorlik davrida progesteron taʼsirida bachadon zigotani implantatsiya qilishga tayyor boʻladi. Agar tuxum hujayra urugʻlanmasa, involyutsiya davri boshlanadi; sariq, tana yoʻqoladi va tuxumdon tinch davrga qaytadi.

Jinsiy qindagi siklik davr (estral sikl) ham 4 davrdan, xususan kuyikishdan oldingi (proestrus), follikulyar faza va ovulyatsiyaga moc keladigan kuyikish (estrus), lyutein fazaga moc boʻlgan metaestrus va tinch davr (diestrus)dan iborat. Koʻpchilik sut emizuvchilarning Jinsiy sikl estral, primatlar va odamlarda esa menstrual boʻladi.

Muayyan fayelda koʻpayadigan hayvonlarning erkagida kuyikish davri boshlanishi bilan jinsiy bezlarida urugʻ hujayralari oʻsib yetila boshlaydi. Bu jarayon urgʻochisining kuyikish boshlanishi bilan bir vaqtda oxiriga yetadi. Politsiklik hayvonlarning erkagi doimiy potensiyaga ega. Ularda potensiya urgʻochisining otalanishga tayyorligiga qarab realizatsiya qilinadi.

Jinsiy sikl nerv va endokrin sistemasi orqali boshqariladi. Umurtqalilarda bu jarayon jinsiy gormonlar orqali amalga oshadi. Jinsiy gormonlar sekretsiyasi markaziy nerv sistemasining nazorati ostida gipotalamusdan keladigan signallar orqali gipofizning gonadotrop gormonlari yordamida boshqariladi.

Ochil Mavlonov.


Lotin alifbosida maqola: JINSIY SIKL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
BALIQLAR
XITOY
QUSHLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты