JINSSIZ KOʻPAYISH

JINSSIZ KOʻPAYISH — organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. Jinssiz koʻpayish ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar: zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. Jinssiz koʻpayish faqat toʻgarak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz koʻpayish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, gʻovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar Jinssiz koʻpayish agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar (sporalar)ning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi. Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayish vegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, birturning oʻzida Jinssiz koʻpayish bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda Jinssiz koʻpayish mumkin. Mac, oʻsimliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali koʻpayadi. Jinssiz koʻpayish jinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (q. Nasl gallanishi).


Lotin alifbosida maqola: JINSSIZ KOʻPAYISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
BIOLOGIYA
HAYVONLAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты