JIROBUS, girobus (yun. geros — doyra va lot. (omni) bus — barcha uchun) — mexanik energiya akkumulyatori — zalvar massasi (maxovigi) boʻlgan relssiz oʻziyurar arava. Maxovik toʻplagan kinetik energiya hisobiga harakatlanadi. Qisqa masofalarda yordamchi transport vositasi hisoblanadi; J. dan portlash xavfi boʻlgan obyektlarga xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladi. 1955-y. dan elektrobuslar xam amalda qisman qoʻllanilmoqda. Ular maxovikli asinxron dvigatel-generator va tortuvchi eleʻtr dvigatellardan iborat harakatlantirish agregati b-n jihozlanadi. AQSH da 12 km uzunlikdagi yulovchilar trassasiga xizmat koʻrsatadigan Jirobus tajriba nusxalari tayyorlangan.