KATASTROFIZM

KATASTROFIZM (yun. katastrophe — tamom boʻlish, halokat, buzilish) , katastrofalar nazariyasi — metafizik taʼlimot. Uning asosida Yer poʻsti va organik olamning rivojlanishi butun Yer planetasi miqyosida sodir boʻladigan, davriy takrorlanib turadigan geologik halokat (kataklizma)lar bilan bogʻliq, degan gʻoyalar yotadi. Davriy global halokatlar haqidagi gʻoya qadimda paydo boʻlgan; 17 — 18-a. larda geol. tarixini oʻrganishda qoʻllanilgan. Paleontologiyaning asoschisi fransuz olimi J. Kyuvye 1812-y. da Yer katlamlarining almashinishi bilan birga fauna va floraning almashinishi ham sodir boʻlganligini va oʻtmishdagi geologik davrlarda organik dunyo oʻzgarishining sababini oʻzining katastrofalar nazariyasi asosida tushuntirdi. Kyuvyening uqtirishicha, Yer yuzining kattagina qismida roʻy bergan halokatli tabiiy ofat (katastrofa) bu hududlardagi barcha hayvon va oʻsimliklarni halok etgan. Soʻngra ularning oʻrnini omon qolgan joylardan kelgan, lekin qirilib ketgan turlarga hech qanday aloqasi boʻlmagan yangi formalar egallagan. Kyuvye qad. qatlamlardan yosh qatlamlarga oʻtgan sari organik formalarning asta-sekinlik bilan murakkablashib borganligini qayd etgan boʻlsada, u Lamarknnig tirik tabiat evolyutsiyasi, keyingi hayot formalarining oldingi formalardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarini inkor etdi. Kyuvye turlarning oʻzgarmasligi haqidagi kreatsionistik dunyoqarashni yoqlab chikdi. Kyuvyening asosiy gʻoyasi fransuz paleontologi A. dʻOrbiniy tomonidan davom ettirildi. A. dʻOrbiniy Yer tarixini 27 davrga boʻlib, har bir davring yangi formalar b-n boshlanib halokat tufayli qirilib poyoniga yetganligini aytadi. Shuning b-n birga oʻsha davrdayoq paleontologik dalillardan hayotdagi hodisalarni evolyutsion nuqtayi nazardan tushunish zaruriyatini yorqin ifodalovchi qator «paleontologik qonunlar» chiqarildi. Bu qonunlarga binoan, qirilib ketgan formalar qanchalik qadimgi boʻlsa, ular b-n hoz. zamon hayvonlari oʻrtasidagi farq ham shunchalik katta boʻladi, hayvon tiplarining paydo boʻlish tartibi embrion bosqichlarning paydo boʻlishidagi tartibni eslatadi; qirilib ketgan hayvonlar hoz. hayvonlarga oʻxshash plan asosida tuzilgan, ularning hayoti ham oʻxshash fiziologik faoliyat bilan tavsiflanadi. Bu qonunlar organik dunyo oʻzining tarixiy rivojlanishiga kura, birbutun ekanligidan dalolat berdi. Evolyutsion nazariya organizmlar tarixiy rivojlanishida Katastrofizmni inkor etadi.


Lotin alifbosida maqola: KATASTROFIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FRANSIYA
BIOLOGIYA
ALISHER NAVOIY
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты