KATTAJUZ

KATTAJUZ, Ulugʻ juz (Uli juz, uyshun) — Yettisuv (Qozogʻiston)dagi xoʻjalik va geografik jihatdan ajralib turuvchi hudud. Kattajuz hududida mil. av. 7—4-a. larda saklar ittifoqi, 3—2a. larda Usun qabilalar ittifoqi, undan soʻng Gʻarbiy Turk xoqonligi, qarluqlar davlati va b. vujudga kelgan. 16-a. boshlarida Kattajuzning shakllanish jarayoni yakunlangan. Kattajuz dugʻlot, qoʻngʻirot, qipchoq, olchin, qangʻli, alban, jaloyir, sirgʻali, shanshqili, uyshun va b. qabilalar birlashmasidan iborat boʻlib, Toshkent xoniga boʻysungan. Kattajuz aholisi, asosan, koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan. Koʻchmanchilar oʻtroq qishloq dehqonlari b-n chambarchas bogʻlangan. 16—18-a. larda Kattajuz hududida bir necha xonliklar tashkil topib, ular tashqi dushmanga qarshi kurashda maʼlum rol oʻynagan. Bu kuchlarni bartaraf qilmoq niyatida Oʻrta juz xoni Tovkaxon (1680—1718) ham uchchala juzlikni birlashtirishga muvaffaq boʻldi, lekin bu birlik uzoqqa choʻzilmadi. 1752-y. Rossiya Omskdan Petropavlovsk orqali Orenburggacha oʻz mudofaa chegarasini kuradi. U 11 istehkom, 33 qoʻriqchilik posti va 42-mayoqni oʻz ichiga olib, 3642 kazak joylashtirilgan. 1798-y. K. j. ning bir qismi Toshkent hokimi Yunusxoʻja ixtiyoriga oʻtdi. Kattajuz hududida Kenesari qoʻzgʻoloni kuchayib (1837—41), u bostirilgach, Kattajuz 1847-y. rus qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi; oʻrniga Sibir, Orenburg va Ural kazak qoʻshinlari joylashtiriladi. 19-a. K. j. ning qozoq aholisi 550 mingga yaqin kishini tashkil qilgan.

Ad.: Velyaminov-Zernov V. V., Istoricheskiye izvestiya o kirgizkaysakax i snosheniyax Rossii s Sredney Aziyey so vremeni konchinы Abulxayrxana (1748— 65), t. 1 — 2, Ufa, 1853; Asfendiarov S. D., Istoriya Kazaxstana, t. 1, Alma-Ata — M., 1935; Tыnыshpayev M., Materialы k istorii kirgiz-kazakskogo naroda, T., 1925.


Lotin alifbosida maqola: KATTAJUZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
QOZOGʻISTON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты