KASHMIRIYLAR

KASHMIRIYLAR — Hindistondagi xalq. Asosan, Kashmir viloyati (Jammu va Kashmir shtati)da yashaydi (4 mln. kishi; 1990-y. lar oʻrtalari). Koʻpchiligi sunniy musulmonlar, hinduizmga eʼtiqod qiluvchilari ham bor. Kashmiriy tilitsa soʻzlashadi. Islomga eʼtiqod qiluvchilari arab yozuvidan, hinduizmga mansublari esa nagari yozuvidan foydalanadi. Kashmiriylar qadimdan hinduizmga eʼtiqod qilib kelgan boʻlib, 16—18-a. larda Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo hukmdorlari Kashmir uchun olib borgan urushlar davrida Islom dinini qabul qilgan va koʻpchiligi oʻzga yurtlardan kelgan musulmonlar bilan chatishib ketgan. Hindistonda Jammu va Kashmir shtatining tashkil etilishi (1947) bilan Kashmiriylarning milliy jipslashuvi jarayoni kuchaygan.

Kashmiriylarning asosiy mashgʻuloti — sugʻorma dehqonchilik (sholi, joʻxori, bugʻdoy, arpa, paxta, zaʼfaron, moyli oʻsimliklar, mevali daraxtlar, poliz ekinlari, gullar), chorvachilik (asosan, yungidan mashhur kashmiriy matolar toʻqiladigan qoʻy va echkilar) va anʼanaviy hunarmandchilik (nafis jun shalilar tayyorlash, tukli gilamlar toʻqish, guldor namatlar bosish, papyemashe, mis va emaldan turli buyumlar yasash, yogʻoch oʻymakorligi). K. ning turar joylari tosh, gʻisht va yogʻochdan qurilgan boʻlib, ularning 1-qavati chorva va roʻzgʻor buyumlari saqlash uchun, 2-hamda 3-qavatlari yashash uchun moʻljallangan. Uylarning tomlari baland, cherepitsa, poxol yoki yupqa taxtalar bilan yopilgan. Kashmiriylarning anʼanaviy liboslari diniy eʼtiqodlari taqozosiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, hinduizmga eʼtiqod qiluvchi Kashmiriylar musulmon K. ga nisbatan ancha tor va serbezak kiyimlar kiyadi.


Lotin alifbosida maqola: KASHMIRIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
HINDISTON
ISLOM
AFGʻONISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты