KEBIN ZILZILASI

KEBIN ZILZILASI — 1911-y. 4 yanv. da Qozogʻistonning Verniy (hoz. Olma-ota) sh. yonida yuz bergan. Dunyodagi eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi epitsentrida 10—11 ball, magnitudasi 8,2, chuq. 2,5 km boʻlgan. Qozogʻistonning Verniy, Uytol, Jilariq kabi bir qancha shahar va qishloqlarida zilzila kuchi 9 ballga yetgan. Kebin zilzilasi kuchi va tebranishining tevarakatrofga tarqalishi jihatidan ham juda kuchli ekanligi tan olingan.

Yer silkinishi vaqtida hosil boʻlgan toʻlqin butun Yer kurrasini 3-marta aylanib chiqqan. Epitsentr zonasida hosil boʻlgan yer yoriqlarining uz. 40 — 50 km ga yetgan. Ayniqsa, Sazonovka — Oqsu qishloqlari oraligʻidagi yoriqlar boʻylab togʻ jinslari keskin siljigan, katta-kichik oʻpirilma va surilmalar sodir boʻlgan.

Zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 450 dan ortgan. Verniy sh. ning oʻzida pishiq gʻishtdan qurilgan 776 imorat butunlay buzilib ketgan. Kebin zilzilasi taʼsiri Rossiyaning zilzila oʻchogʻidan 1000 km uzoqlikdagi Omsk, Tomsk hamda Qozogʻistonning Koʻkchatov sh. larida ham sezilgan. Yer silkinishlari 6 oygacha takrorlanib turgan. Shu davr ichida 300 dan ortiq tebranishlar qayd etilgan. Zilzila markazida kuchli qayta silkinishlar oʻsha yilning 9,12,14 yanv. kunlari sodir boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: KEBIN ZILZILASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
ZILZILA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты