KELDI MUHAMMAD

KELDI MUHAMMAD, Sulton Muhammad (? — 1532/33) — shayboniylardan. Shohruhiya sh. va viloyat (hokimitaxm. 1517y. dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent sh. va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim. ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.

Keldi Muhammad sheʼriyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining yetuk adiblari bilan suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518-y. u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan oʻz huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. Keldi Muhammadning topshirigʻi b-n saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy «Zubdat ul-osor» asarini yozgan.

Ad.: Vosifiy Zayniddin, Batsoeʼ ul-vaqoeʼ (Nodir voqealar), [tarjimon N. Norqulov], T., 1979; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pismennыye pamyatniki], T., 1985.


Lotin alifbosida maqola: KELDI MUHAMMAD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
TEMURIYLAR
BOBUR
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты