KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH

KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH — ishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan i. ch. ning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror i. ch. — i. ch. jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish faqat ishlab chiqaruvchi kuchlarga taalluqli boʻlib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy tizim xususiyatlarini ham oʻzida ifodalaydi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yangilanish jarayonini bildiradi va takrorlanish davrida mehnat qurollari, vositalari, usullari, mahsulot yaratilishi kabi jarayonlarning oʻzgarib borishi, oʻrin almashuvi qabilarni qamraydi. Yangilanish inversiya usulini qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun YAMM isteʼmol va i. ch. ni qaytadan yangilash uchun sarf etiladi, resurslarga aylantirib, investitsiyalar uchun ishlatiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiya va yangi usullar asosida amalga oshuvi iqtisodiy oʻsishni jadallashtiradi.

Oʻzbekistonda Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni shoʻrolar davrida umumittifok, majmui asosida amalga oshib, milliy manfaatga bogʻliq boʻlmagan. Mustaqillik yillari Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda tub oʻzgarishlar yuz berdi, Oʻzbekiston xalqi manfaati va tiklanayotgan bozor iqtisodiyoti talablari asosida mustaqil harakatdagi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, i. ch. toʻla zamonaviy texnologiya asosida yangilanmoqda, yangiyangi tarmoqlar paydo boʻlib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, elektronika kabi tarmoqlar sanoatda asosiy oʻrinni egallamoqda. Takror i. ch. da yangi proporsiyalar yuzaga kelib, xom ashyoviy yoʻnalishga asta barham berilib, tayyor mahsulot yoʻnalishi, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar i. ch. yoʻnalishi taʼminlanmokda. Tub mulkiy oʻzgarishlar yuz berib, davlat mulki hisobiga xususiy, korporativ mulk asosida Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni davom etmokda. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni erkin iqtisodiy taraqqiyot iziga oʻtkazildi, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan boyitildi.

Muxtor Rasulov.


Lotin alifbosida maqola: KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
IBN SINO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты