KERATIT

KERATIT (yun. keras, keratos — muguz, itis — yalligʻlanish) — koʻz muguz (shox) pardasining yalligʻlanishi. Viruslar (gerpetik Keratit), baʼzan boshqa mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Muguz pardaga infeksiya kirishi, yot jismlar tushib shikastlanishi (tirnalish va h. k.), gripp, sil, difteriya kabi infeksion kasalliklar, shuningdek, organizmda vitamin A yetishmasligi ham Keratitga sabab boʻlishi mumkin. Tashqi taʼsirotlar keltirib chiqaradigan (ekzogen) va umumiy kasalliklar paydo qiladigan (endogen) Keratit, shuningdek,, yuza (bunda muguz pardaning yuza qismida infiltrat vujudga keladi) va chuqur (bunda muguz parda ostidagi qavatlar ham kasallanadi) Keratit ajratiladi. Keratitda bemor yoruqqa qaray olmaydi, koʻz qizaradi, yoshlanadi va sanchib ogʻriydi. Keratit jiddiy kasallik boʻlib, oʻz vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri davolansa, koʻzga oq tushishi yoki boshqa ogʻir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun Keratitga xos alomatlar paydo boʻlishi hamon vrachga koʻrinish zarur.


Lotin alifbosida maqola: KERATIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VITAMINLAR
VIRUSLAR
GRIPP
DIFTERIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты