JONS

JONS (Jones) Inigo (1573.15.7 – London — 1652.21.6) — ingliz meʼmori. Meʼmorlikni Italiya va Fransiyada (1596 va 1614-y. lar oraligʻida) oʻrgangan. 1615—43 y. larda qirolga qarashli binolarning bosh nazoratchisi. Jons oʻz qurilishlarida (Londondagi Uaytxoll saroy ansambli loyihasi, 1619—22; faqat «Banket» zali loyihasi yaratilgan. Grinvichdagi qirolicha villasi, 1616— 35; Kentdagi Kobemxoll saroyining markaziy qismi, 1620 va b.) mujassamot yorqinligi va salobatli shakllarning oddiyligiga eʼtibor qilgan. Meʼmorlikda mumtoz mavzulardan keng foydalanishi va oʻziga xos ijodi bilan ingliz klassitsizmi yaratilishiga taʼsir etgan. Shuningdek, teatr rassomi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: JONS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
Aqua - Doctor Jones
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты