KETENLAR — umumiy formulasi RRʻC=C=O boʻlgan organiq birikmalar. Aldoketenlar ( R=H, Rʻ — organiq radikal) va ketoketenlarga (R va Rʻ — organiq radikallar) boʻlinadi. Ularning oddiy vakili — keten SN2=S=O gaz (suyuqlanish t-rasi —134,6°, kaynash t-rasi —41°). K. mineral kislotalar, metallorganiq birikmalar, spirtlar, karbon kislotalar, aminlar, merkaptanlar va suvni oson biriktirib oladi.
Sanoatda Ketenlar atseton va sirka kislotani 700—800° da piroliz qilib olinadi. Ketenlar kuchli atsetillovchi modda hisoblanadi.
Harakatchan vodorod atomini saqlagan birikmalar, jumladan, spirtlar, tiollar, aminlar kislotalar taʼsirida atsetillash mahsulotlarini hosil qiladi: mas, ROH+CH2=C=O^ROCOCH3 Uning bu xossasidan atsetilsellyuloza i. ch. da foydalaniladi. Ketenlar organiq birikmalarni sintez qilishda, spirtlar, aminlar, ketonlarning yenol shakllarini atsetillovchi modda sifatida, shuningdek, organiq reagentlar, mas, ozopropenilatsetat, r-propiolakton, sirka angidrid, diketen olishda ham qoʻllaniladi.