KEFIR

KEFIR — sigir sutidan tayyorlanadigan sut kislotali parhez ichimlik. Qaymogʻi olinmay pasterizatsiya kilingan yoki yogʻi olingan sigir sutidan ivitib tayyorlanadi. Oʻnga sut kislotali va spirtli achitish jarayonini hosil qiladigan Kefir zamburugʻida yoki maxsus oziq muhitda tayorlangan tomizgʻi qoʻshib ivitiladi. Kefirning tayyor boʻlish muddatiga koʻra, chuchuk (bir kunlik), oʻrtacha (ikki kunlik), nordon (uch kunlik) xillari boʻladi. Kefir qanchalik uzoq, ivitilsa, shunchalik koʻp spirt (0,2 — 0,6 % gacha), sut kislotasi va karbonat angidrid toʻplanadi. Sutni qayta ishlash korxonalarida yogʻli (3,2 % sut yogʻi) va kam yogʻli (sut yogʻi 0,05 % dan oshmaydi) Kefirlar koʻplab ishlab chiqariladi. Kefir dagi sut kislota va achituvchi bakteriyalar oshqozon-ichakdagi zararli mikroblarni yuqotishga yordam beradi, qabziyatni boʻshashtiradi.


Lotin alifbosida maqola: KEFIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QATIQ
BAKTERIYALAR
TOSHKENT
YER
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты