KEFIR — sigir sutidan tayyorlanadigan sut kislotali parhez ichimlik. Qaymogʻi olinmay pasterizatsiya kilingan yoki yogʻi olingan sigir sutidan ivitib tayyorlanadi. Oʻnga sut kislotali va spirtli achitish jarayonini hosil qiladigan Kefir zamburugʻida yoki maxsus oziq muhitda tayorlangan tomizgʻi qoʻshib ivitiladi. Kefirning tayyor boʻlish muddatiga koʻra, chuchuk (bir kunlik), oʻrtacha (ikki kunlik), nordon (uch kunlik) xillari boʻladi. Kefir qanchalik uzoq, ivitilsa, shunchalik koʻp spirt (0,2 — 0,6 % gacha), sut kislotasi va karbonat angidrid toʻplanadi. Sutni qayta ishlash korxonalarida yogʻli (3,2 % sut yogʻi) va kam yogʻli (sut yogʻi 0,05 % dan oshmaydi) Kefirlar koʻplab ishlab chiqariladi. Kefir dagi sut kislota va achituvchi bakteriyalar oshqozon-ichakdagi zararli mikroblarni yuqotishga yordam beradi, qabziyatni boʻshashtiradi.