KIANIT

KIANIT (yun. ruapos-toʻq koʻk, havorang) , d i sten — kristalli slaneslarga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kri-stali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan toʻq koʻkishyashilgacha. Zangori, koʻk, kulrang ham boʻladi. Kumir yoki gil jinslari aralashgan Kianit qora boʻladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560—3680 kg/m3. Giltuproqqa boy choʻkindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil boʻladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyatsiyasidan vujudga keladi. Koʻpincha stavrolit, andaluzit bilan birga uchraydi.

Kianit sanoat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan gil tuprogʻi koʻp xom ashyo hisoblanadi. Undan oʻtga, kislota va ishqorga chidamli pishiq materiallar olinadi. Kianit qazib oluvchi mamlakatlar: AQSH (120 ming t, 1982), Hindiston (45 ming t), Braziliya (10 ming t), Ispaniya (6 ming t), Avstraliya (1 ming t).

Tarkibida rutil, muskovit, turmalin, topaz, korund boʻlgan dunyodagi eng yirik konlar Hindiston (Kxammam, Bxandara, Sidxbum va b.)da mavjud.


Lotin alifbosida maqola: KIANIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BRAZILIYA
HINDISTON
MINERAL
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты