JOHIZ

JOHIZ, al-Johiz Abu Usmon Amir ibn Baxr (taxm. 767 — Basra — 868) — arab mutafakkiri, yozuvchi. Muʼtaziliylar nazariyotchilaridan biri. «Aljohiziya» deb nom olgan ilohiyot maktabiga asos solgan. Yunon tabiat falsafasi gʻoyalari taʼsirida moddaning abadiyligi va xususiyatlarining doimiy oʻzgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. Johiz tirik va noorganik jismlar oʻziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. U insonning iroda erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. 100 dan ortiq falsafiy asarlar va badiiy toʻplamlar muallifi. Bular orasida «Olibsotarlar haqida kitob» hajviy novellalar toʻplami, stilistika va ritorikaga oid «Joylashtirish va isbotlash kitobi», tarixiy-siyosiy mazmundagi «Arablar va ularning mijozlari haqida kitob» risolalari mashhur. Ularda oʻrta asr arab Sharqi shaharlari aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayoti, urf-odati, axloqi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Johiz asarlarida kichik hikoyalar, sheʼrlar, ertaklar bor. J. arab adabiyoti, xususan, adab janri taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan.


Lotin alifbosida maqola: JOHIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
AMIR TEMUR
YUNONISTON
BERUNIY
FOROBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты