JUMABOY JIROV

JUMABOY JIROV (Bozorov Juma boy) (1927.22.10, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston) — qoraqalpoq baxshisi, Nurabulla jirov (1862—1927) maktabining namoyandasi. Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). 1928-y. dan Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli, 1960-y. lardan Shoʻmanay tumanida istiqomat qiladi. Yoshlik davridan baxshilik sanʼatiga qiziqishni unda Abdurasul (Kal bola), Qulamet, Oʻteniyaz kabi atoqli qoraqalpoq jirovlari uygʻotgan. 1948—50-y. lari Yesemurod jirov (1893—1980) ga shogird tushgan. 1950-y. dan mustaqil ijod qiladi. Repertuaridan qoraqalpoq dostonlari («Koblan», «Sharyar», «Yedige»), toʻlgʻov («Oʻrmanbet biy») va xalq termalari («Darkor yigitga», «Shoʻmanay» va b.) oʻrin olgan. Turkmaniston, Qozogʻiston, shuningdek, Germaniyada bir necha bor gastrolda boʻlgan. Jumaboy jirov haqida «Jirov» kinofilmi (1998) suratga olingan.


Lotin alifbosida maqola: JUMABOY JIROV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
QOZOGʻISTON
TOSHKENT
TURKIYA
TURKMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты