JOʻYBOR XOJALARI

JOʻYBOR XOJALARI, joʻybor shayxlari — naqshbandiylik tariqatining vakillari. Ularning Joʻybor xojalari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muqammad Yahyo Buxorodagi Joʻybor degan yerga koʻchib kelishi b-n bogʻliqdir. Joʻybor xojalari oʻzlarini islom dinini targʻib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼdga va uning avlodlariga somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Saʼdning nevarasi Muhammad Islom Joʻybor xojalarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega boʻlishida asosiy rol oʻynaydi. U 16-a. ning 50-y. larida Shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun boʻlgan kurashlarga aralashib, oʻz muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam beradi. Bu davrga kelib Joʻybor xojalariga Buxorodagi Sumiton qishlogʻi inʼom etiladi. Joʻybor xojalarining ota-bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qoʻyilganligi uchun 16-a. dan boshlab Joʻybor xojalari bu joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara qurib, ziyoratgohga aylantirishgan (q. Chorbakr ansambli). Bu ziyoratgohlar katta vaqf yerlariga ega boʻlib, ularga Joʻybor xojalari merosxoʻrlar tariqasida egalik qilishgan va bu yerlar Joʻybor xojalari xoʻjaligining rivojlanishiga asos boʻlib xizmat qilgan. Katta lavozim, vaqf daromadlari va b. tufayli Joʻybor xojalari tez orada boyib ketadilar. Joʻybor xojalari katta yer-mulkka, yuzlab qullarga, koʻplab chorva mollariga, sugʻorish inshootlariga, savdo korxonalariga ega boʻlganlar. Ularning savdo karvonlari 16-a. ning 2-yarmidayoq xorij bilan savdo aloqalari olib borgan. Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega boʻlgan Joʻybor xojalari shayboniylar davlatining siyosiy hayotida juda katta rol oʻynagan. Ingliz sayyohi A. Jenkinson 1559-y. da Buxoroda boʻlib, bu yerdagi ruhoniylarning rahbarlari boʻlgan Joʻybor xojalari haqida shunday degan edi: «Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan koʻproq quloq soladilar, u oʻz xohishi bilan qirolni oʻrnidan olib, boshqasini qoʻya oladi». J. x., 17-a. ning 1-yarmida mamlakatda paydo boʻlgan qiyin siyosiy vaziyatdan soʻng oʻzlarining oldingi mavqeini yoʻqotganlar.

Ad.: Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1-j. T., 1999; Vyatkin V. V., Sheyxi Djuybari, «V. V. Bartoldu turkestanskiye druzya, ucheniki i pochitateli» kitobida, T., 1927.


Lotin alifbosida maqola: JOʻYBOR XOJALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
TOSHKENT
BUXORO XONLIGI
ABDULLAXON II
CHOR BAKR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты