LABORATORIYA

LABORATORIYA (lot. laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, i. ch.-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida Laboratoriya 3 turga ajratiladi: oʻquv Laboratoriya (ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan Laboratoriya mashgʻulotlari olib boriladi; muammoli Laboratoriya — asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha Laboratoriya — xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Muammoli va soha Laboratoriya lari korxona, i. t. muassasalari va b. tashkilotlarda ham bor. I. ch.-nazorat Laboratoriyalari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, i. ch. ga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, i. ch. xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish Laboratoriya (z-dlarda), klinik Laboratoriya (davolash muassasalarida), kriminalistik L. (tergov va sud organlarida), agronomik L. (q. x. tashkilotlarida).


Lotin alifbosida maqola: LABORATORIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OLIY OʻQUV YURTLARI
TOSHKENT
XITOY
TIBBIYOT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты