LAGUNA YOTQIZIQLARI — lagunam hosil boʻlgan choʻkindi jinslar. Laguna yotqiziqlari mayda qum, alevrit, gil va karbonatli balchiklardan iborat. Dengizga yaqin joylashgan va undan sohil uyumlari chizigi bilan ajratilgan yoki u bilan boʻgʻoz (mas, Sivash, Qoraboʻgʻozgoʻl) orqali birlashgan sayoz havzalarda vujudga keladi. Laguna choʻkindilari anik, ifodalangan (baʼzida mavsumiy) qatlamliligi bilan tavsiflanadi. Dengiz va oqim suvning kelib quyilishidan laguna suvi shoʻr yoki chuchuk boʻlishi mumkin. Chuchuksuvli lagunalarda, asosan, qum-gilli yotqiziklar va organogen choʻkindilar — koʻmir, lignit, torf; shoʻrlanganlarida — dolomit, gips va b. minerallar (galit, mirabilit, astraxanit va h. k.) toʻplanadi. Laguna yotqiziqlari shu xususiyatlari bilan dengiz va quruqlik qatlamlaridan tubdan farq qiladi. Oʻzbekistonning jan. va gʻarbida yuqori yura kesimida Laguna yotqiziqlari 850 m kalinlikdagi osh tuzi, sulfatli togʻ jinslarini, paleogen davri kesimida 350 — 400 m qalinlikdagi dolomit, ohak-tosh, gips, angidrit qatlamlarini tashkil qiladi. Laguna yotqiziqlarida neft, gaz, oltingugurt (Gugurttogʻ) konlari, shifo-baxsh mineral suv (Surxondaryodagi Xoʻjaipok bulogʻi) manbalari uchraydi. Laguna choʻkindilarida uchrovchi fauna turlari suv havzasining shoʻrli darajasini koʻrsatadi. Oʻzbekistonda Laguna yotqiziqlari turli yoshdagi jinslarda mavjud.