LAMBERT QONUNI

LAMBERT QONUNI — yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligining fazoviy burchaklar boʻyicha taqsimoti qonuni. 1760-y. da I. Lambert bayon etgan. Lambert qonuniga koʻra, yorugʻlik sochayotgan sirt ravshanligi har qanday yoʻnalishlarda bir xil boʻladi. Bu qonun yorugʻlik kattaliklari: mas, yorituvchanlik va ravshanlik; yassi sirtga oʻtkazilgan perpendikulyar (normal) bilan f burchak tashkil etgan yoʻnalish boʻyicha sochilayotgan yoruglik kuchi orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu formuladan koʻrinib turibdiki, yassi sirtdan sochilayotgan yorugʻlik kuchi perpendikulyar boʻyicha eng katta qiymatga ega boʻlib, f burchak kattalasha borgan sari uning qiymati kamaya boradi. Lambert qonuni mutlaq qora jismlar uchun oʻrinlidir.


Lotin alifbosida maqola: LAMBERT QONUNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YORUGʻLIK
FIZIKA
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты