LAMINAR OQIM

LAMINAR OQIM (lot. lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik (gaz) oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyukdik (gaz) larning kichik tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq suyukliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib oʻtishi va b. L. o. ga misol boʻladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillyar) naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuklik yoki gaz oqib oʻtayotganda shu sirt yaqinida hosil boʻluvchi chegara qatlamlarda va b. da Laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik (gaz)larning harakat tezligi osha borib, vaqtning maʼlum paytida Laminar oqim tartibsiz turbulent okimga aylanadi.

Suyukliklarning naydagi Laminar oqim ini kuzatish uchun ingliz fizigi O. Reynolde katta bakdagi suyuqlikni uzun shisha nay orqali, kichik tezlik bilan oqizgan. Shu naydagi suyuqlikka rangli suyuklik qoʻshib, ohista oqizilganda, rangli suyuklik nay boʻylab rangsiz suyuqlikka aralashmasdan yoʻnaladi. Naydagi suyuklik oqimining tezligi oshirilsa, maʼlum tezlikdan keyin rangli suyuklik rangeiz suv qat-lamlari b-n aralashib ketadi, yaʼni suyuqlikning laminar harakati yoʻqolib, oʻrniga tartibsiz — turbulent harakat paydo boʻla boshlaydi. Suyuqlikning oqish maromi Reynolde soni Re bilan belgilanadi. Laminar harakat Re ning biror qiymatida (kritik qiy-mati Re da) buziladi. Re Re kr boʻlganda esa turbulent oqim roʻy beradi. Naydagi suyuqlikning qovushoq Laminar oqimi Puazeyl qonuni orqali aniqlanadi. Laminar oqim gidrotexnikada hisobga olinadi.


Lotin alifbosida maqola: LAMINAR OQIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
GAZ VA SUYUQLIKLARNING OQISHI
FIZIKA
ChEGARA QATLAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты