KINSHASA

KINSHASA (1966-y. gacha Leopoldvil) — Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti. Kongo daryosining soʻl sohili buylab 15 km ga choʻzilgan. Kinshasa — provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 4,8 mln. kishi (1998). Iqlimi subekvatorial iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 22°, apr. niki 27°. Yillik yogʻin 1359 mm.

Shahar 1881-y. dan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomiga qoʻyilgan. 1926—60 y. larda Belgiya mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1960-y. dan Kongo Respublikasi (1964-y. dan Kongo Demokratik Respublikasi), 1971—97 y. lar Zair Respublikasi poytaxti.

Kinshasa — mamlakatning asosiy savdotransport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining koʻp qismi Kinshasa orqali oʻtadi. Kinshasa portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. T. y. orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti bilan bogʻlangan. Kinshasadan Brazzavil sh. ga parom qatnaydi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yogʻochsozlik, kemasozlik sanoati, kema remonti, elektr priborlari i. ch., qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar z-di bor. Maluku r-nida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan. Milliy un-t, in-tlar, Nafis sanʼat milliy akademiyasi, Geogr. ilmiy tadqiqot in-ti, Geol. xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot in-ti (1899), Afrika sanʼati muzeyi, hayvonot bogʻi va b. bor.


Lotin alifbosida maqola: KINSHASA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты