LANTANOIDLAR

LANTANOIDLAR (lantan va yun. eidos — koʻrinish) , lantanidlar — Mendeleyev davriy sistemasining IV davrida lantandan soʻng joylashgan va xossalariga koʻra, unga oʻxshaydigan kimyoviy elementlar guruhi. Tartib raqamlari 58 dan 71 gacha boʻlgan 14 element: seriy (Se), prazeodim (Rg), neodim (Nd), prometiy (Rt), samariy (Sm), yevropiy (Yey), gadoliniy (Gd), terbiy (Tb), disproziy (Dy), golmiy (No), erbiy (Yeg), tuliy (Tt), itterbiy (Yb), lyutetsiy (i)dan iborat. Bu guruh elementlari lantan, ittriy, skandiylar bilan birgalikda nodirer elementlari deb ataladi. Lantanoidlar seriy va ittriy guruhchalariga boʻlinadi. Lantanoidlarning bir necha tabiiy va sunʼiy izotoplari mavjud. Lantanoidlarning sirtqi ikki elektron qobiqlari bir xil tuzilganligi tufayli ularning fizik-kimyoviy xos-salari, spektrlari oʻxshash. Lantanoidlar — kumushdek oq, baʼzilari, mas, prazeodim, neodim sargʻish metallar. Seriy guruhchasi elementlarining suyukdanish t-rasi ittriy guruhchasi elementlariga qaraganda ancha past. Barcha Lantanoidlar va lantanda paramagnit, baʼzilarida ferromagnit xossalari bor. Ular juda toza metall va yumshoq boʻlgani uchun ishlo-vi oson. Koʻpgina Lantanoidlar uch, baʼzilari toʻrt va ikki valentli Lantanoidlar va lantan kimyoviy jihatdan juda faol. Ular ancha turgʻun oksidlar, galogenidlar, sulfidlar hosil qiladi, vodorod, uglerod, uglevodorodlar, uglerod (II) – va (IV)oksid, azot, fosfor va b. elementlar bilan reaksiyaga kirishadi. Lantanoidlar suvni parchalaydi, xlorid, sulfat, nitrat kislotalarda oson eriydi. Ftorid va fosfat kislotalar taʼsiriga chidamli. Lantan, seriy, prazeodim, neodim quruq va nam havoda uy t-rasidayoq tez korroziyaga uchraydi. Qolgan metallar kam oksidlanadi, yaltiroqligini uzoq vaqt saqlaydi. Lantanoidlar oksidlari juda mustahkam boʻlib, yuqori t-rada, mas, lantan oksid (La2O3) 2000°, seriy oksid (SeO3) 2500° da suyuqlanadi. 200°dan yuqorida Lantanoidlar galogenlarning hammasi bilan faol reaksiyaga kirishadi. Hosil boʻlgan galogenidlar ancha yuqori t-rada suyuklanadi va qaynaydi. Lantanoidlar vodorodni uy t-rasidayoq biriktirib oladi; 200 — 250° da reaksiya tezlashib, gidridlar hosil boʻladi. Azot bilan esa 750— 1000°da reaksiyaga kirishib, RN (bu yerda R — L.) koʻrinishidagi nitridlar hosil qiladi. Lantanoidlar qizdirilganda uglerod, uglerod (P)-oksid, karbonat angidrid, metan gazi bilan birikadi va RC2 (bu yerda R—L) koʻrinishidagi karbid hosil qiladi. Ular havo va suvda oson parchalanadi. Lantanoidlar oltingugurt bugʻlarida qizdirilganda sulfidlar hosil boʻladi. Ular issiqqa chidamli va qiyin suyuqlanadi.

Lantanoidlarning gidroksidlari asos xossalarini namoyon qiladi, suvda va ishqorlarda oz eriydi. Uch valentli Lantanoidlarning xloridlari, sulfatlari va nitratlari suvda eriydi. Ftoridlari va ok-salatlari suvda va suyultirilgan mineral kislotalarda oz eriydi. Lantanoidlarning fosfatlari, karbonatlari va ferritsianidlari suvda qiyin eriydi.

Lantanoidlar koʻpgina organik moddalar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bulardan limon kislota va aminopoli-sirka kislota qatori — nitrilotri-sirka kislota (NTA) va etilendia-mintetrasirka kislota (EDTA) va b. bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Lantanoidlar yer poʻstining massa jihatdan 1,78-10~2%ini tashkil qiladi. Ayniqsa, lantan, seriy va neodim keng tarqalgan. Lantanoidlar tarkibida nodir-yer elementlari bor minerallardan (250 dan ortiq) metallotermik hamda elektroliz usulida olinadi. Lantanoidlar qora va rangli metallurgiya, shisha, kimyo, toʻqimachilik sanoatida, optik asboblar va teri (koʻn) i. ch. da, radioelektronika sanoatida, atom reaktorlarida ishlatiladi. Keyingi vaqtda Lantanoidlardan q. x. da insektitsid va mikrooʻgʻit sifatida foydalanilmoqda. Stalina Kosimova.


Lotin alifbosida maqola: LANTANOIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
YER
KIMYO
METALLAR
ITTERBIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты