LATVIYA

LATVIYA (Latvija), Latviya Respublikasi (Latvijas Republika) — Yevropaning shim.-gʻarbida, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 64,589 ming km2. Aholisi 2, 385 mln. kishi (2001). Poytaxti — Riga sh. Maʼmuriy jihatdan 26 tuman (rajons)ra boʻlinadi, 7 shahar bor.

Davlat tuzumi. Latviya — mustaqil demokratik respublika. 1993-y. 6-iyuldan 1922-y. da qabul qilingan «Satversme» konstitutsiyasining amal qilishi toʻla hajmda tiklandi va unga 1996, 1997, 1998-y. larda tuzatishlar kiritildi. Davlat boshligʻi — prezident (1999-y. dan Vayra Vike-Freyberga), u yashirin ovoz berish yoʻli bilan seym tomonidan 4 y. muddatga saylandi. Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezident lavozimiga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Tabiati. Latviya hududining Boltiq dengizi qirgʻoklari kam parchalangan. Dengiz sohili boʻylab eni 2—3 km, ayrim joylarda 50 km gacha boʻlgan pasttekislik va qum tepalar choʻzilgan. Latviyaning gʻarbiy qismida Kurzeme qirlari (bal. 184 m gacha), oʻrta qismida Vidzeme qirlari (bal. 311 m gacha), sharqida Latgal qirlari (bal. 289 m gacha) joylashgan. Latviyaning markazida Oʻrta Latviya tekisligi, shim.-sharqida Shimoliy Latviya pasttekisligi bor. Foydali qazilmalari: koʻmir, neft, gips, kvars qumlari, dolomit, har xil gil, ohaktosh; torf konlari, mineral buloklar bor. Boltik, dengizi va Riga qoʻltigʻi sohilida kahrabo uchraydi. Iklimi dengiz iqpimi bilan kontinental iqlim oʻrtasida. Iyulning oʻrtacha t-rasi 16—18°, yanv. da Boltiq dengizi sohilida —2°, —7°, sharqida —7°. Yillik yogʻin 550—800 mm.

Latviyada 777 daryo boʻlib, umumiy uz. 38 ming km. Hamma daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Yiriklari: Daugava (Gʻarbiy Dvina), Liyelupe, Venta, Gauya. Latviyada 3 mingdan koʻproq koʻl bor. Latviya maydonining 1,5% ni tashkil qiladi. Yiriklari: Lubanas, Reznas va b. Eng chu-qur koʻli — Dridza (65,1 m). Koʻllarida baliq xoʻjaligi yoʻlga qoʻyilgan. Foydalaniladigan yerlarining 52% podzol tuproqlari (koʻpi chimli podzol), 4% chimli karbonatli va ekin ekib kelingan tuproqlar (Oʻrta Latviya tekisligida), 23% botqoq (chimli-geyli) tuproqlar va 19% torfzor. Latviya aralash oʻrmon zonasida joylashgan. Hududining 40% ga yaqini oʻrmon (asosiy daraxt turlari — qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin), 4,7% botqoq, 4% yaylov. L. da sut emizuvchilardan malla tovushqon, tiyin, yelik, los, bugʻu, tulki, boʻrsiq, suvsar va b. yashaydi. Salaka, kilka, losos, taymen va b. baliqturlari ovlanadi. Riga qoʻltigʻi va daryolarning qoʻyilish joyida minoga uchraydi. Baliq, qunduz va b. ov jonivorlarini qoʻriqlash maqsadida qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Kdd. dare vodiylarining ayrim qismlari, baʼzi oʻrmonzorlar davlat muhofazasiga olinib, qoʻriqlanadi. Gauya milliy bogʻi barpo etilgan.

Aholisining koʻpchiligi latishlar (55,1%); ruslar, beloruslar, polyaklar, ukrainlar, litvalar va b. yashaydi. Rasmiy til — latish tili. Shahar axolisi 69,5%. Dindorlari: protestant, pravoslav va katoliklar. Yirik shaharlari: Riga, Daugavpils, Liyepaya, Yelgava, Yurmala va b.

Tarixi. Latviyadan topilgan arxeologiya yodgorliklari bu yerda odam mezolit davridan (mil. av. 9—4-ming yillik) yashaganligini koʻrsatadi. Odamlar bu davrda temirchilik, baliq ovlash va ovchilik bilan shugʻullangan, tosh va suyaklardan turli qurollar va loydan idishlar yasagan. Mil. av. 2-ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻlgan.

10-a. dan aholi oʻrtasida xristian dini tarqala boshladi. 13-a. ning oxirida Livon ordeni L. ni bosib olgandan soʻng nemis zodagonlarining iqtisodiy va siyosiy hukmronligi oʻrnatildi. Latviyada Germaniyaga xos xoʻjalik va siyosiy tashkilotlar joriy qilina boshladi.

14—16-a. larda Livoniya (L. va Estoniyaning nemislar tomonidan zabt etilgan hududlari shunday atalar edi) 3-mayda davlatdan iborat boʻlgan. 17-a. ga kelgandagina latish xalqi tashkil topdi. 16-a. da Riga sh. savdo va xunarmandchilik markaziga aylandi. 1558—83 y. lardagi Livon urushlari davrida mayda livon davlatlari tugatildi( 1560—62). Latviyaning Daugava daryosidan shim. dagi xududi (Zadvin gersogligi) Rech Pospolitaga tobe boʻlib qoldi. Daryoning jan. dagi hududlar Polsha qiroliga qarashli Kurlyandiya gersogligiga aylandi.

1600—29 y. lardagi Polsha-Shvetsiya urushlari natijasida Latviya vayron boʻldi. Urushda gʻolib chiqqan Shvetsiya Altmark sulhiga koʻra, Zadvin gersogligining gʻarbiy qismini oʻziga qoʻshib oldi. Latviyaning sharqiy qismi (Latgaliya) Rech Pospolita qoʻlida qoldi.

Latviyaning keyingi taqdirini Shimoliy urush hal qildi. 1710-y. rus qoʻshinlari Rigani qamal qildi. 1721-y. Nishtadt sulhi shartiga koʻra, Shvetsiya Vidzemani Rossiyaga berdi. Rossiya imperiyasi tarkibida parchalangan Latviya yerlarini birlashtirish davri boshlandi. 1721 va 1795-y. larda Kurlyandiya gersogligi, Liflyandiya va Vitebsk gubernyalarining bir qismi Rossiyaga utdi. 18-a. ning 1-yarmi Shim. urushda vayron boʻlgan xoʻjalikni tiklash davri buldi. Mazkur urushdan soʻng 200 yil mobaynida Latviya tinch hayot kechirdi.

1804-y. dehqonlar toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilinib, unga koʻra krepostnoylik cheklandi. Lekin bu bilan dehqonlar ahvoli yaxshilanmadi. 1812-y. gi urush taʼsirida dehqonlar harakati avj oldi. Dvoryanlar hokimiyatini saqlab qolish maqsadida Rossiya hukumati 1817—19 y. larda qator islohotlar oʻtkazdi, jumladan, deqqonlarga shaxsiy erkinlik berildi. Ular yerni ijaraga olib tshtaydigan boʻlishdi. 19-a. 50-y. larning oxiri va 60-y. larning boshidan korxonalarda mashinalar va bugʻ dvigatellari ishlay boshladi. Rossiyadagi ommaviy dehqonlar harakati va 1863 — 64 y. larda Polsha va Litvada boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon taʼsirida Rossiya hukumati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Jumladan, krepostnoylik huquqi bekor qilindi, dehqonlarga yer sotib olish hamda erkin koʻchib yurishga ruxsat berildi (1863), barshchina bekor qilindi (1868). Latviya sanoati va tashqi savdosi oʻsa boshladi.

20-a. boshlariga kelib, L. Rossiya imperiyasining taraqqiyot jihatidan eng rivojlangan oʻlkasiga aylandi. 1918-y. 18 noyab. da L. Respublikasi eʼlon qilindi. 1920-y. 11 avg. da Latviyani Shoʻro Rossiyasi tan oldi va Latviyaga boʻlgan daʼvolaridan «abadul abad» voz kechganini bildirdi. 1921-y. da Antanta davlatlari ham L. Respublikasini tan oldilar. 20 y. mobaynida turmush darajasi, nashr etilgan kitoblar va 1000 kishiga toʻgʻri keladigan talabalar soni jihatidan Latviya Yevropa mamlakatlari orasida oldingi oʻrinda boʻldi. 1934-y. da davlat toʻntarishi oʻtkazildi, avtoritar tuzum oʻrnatildi. 1940-y. iyulida Latviya hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. Oʻsha yili 21-iyulda Latviya shoʻro sotsialistik respublikasi tuzilib, 5 avg. da SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. 2-jahon urushi yillarida Latviya shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1941-y. da nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1945-y. da ozod qilindi. 1990-y. mayda respublika Oliy Kengashi Latviya mustaqilligini tiklash haqida Deklaratsiya qabul qildi va respublika nomini hoz. nomga oʻzgartirdi. Latviya — 1991-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992-y. 22 okt. da tan oldi va oʻsha yili noyab. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami — 18 noyab. — L. Respublikasi eʼlon qilingan kun (1918).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va b. jamoat tashkilotlari. Latviya dehqonlar ittifoqi partiyasi, 1917-y. da asos solingan va 1990-y. da qayta tiklangan; L. demokratik partiyasi, 1995-y. «Saym-niyeks» demokratik partiyasi sifatida tuzilgan; «Latviyas selыy» («Latviya yoʻli») partiyasi, 1993-y. tuzilgan; L. sotsial-demokratlar birlashmasi, 1998-y. da tashkil etilgan; Xalq partiyasi, 1998-y. da tuzilgan; Yangi xristian partiyasi, 1998-y. Yangi partiya nomi bilan tashkil etilgan, 2001-y. dan hoz. nomda; Xalq hamjihatligi partiyasi, 1993-y. da tashkil etilgan; «Vatan va ozodlik» birlashmasi (L. milliy mustaqilligi yoʻlidagi xdrakat), 1997-y. da tashkil etilgan. Latviya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-y. da tuzilgan.

Xoʻjaligi. Latviya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 38,5%, q. x. ning ulushi 24,8%.

Sanoatida metallsozlik, energetika mashinasozligi, aloqa vositalari i. ch., transport va q. x. mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd. kVtsoat). Liyepaya metallurgiya z-di, turli shaharlarda elektr mashinasozligi, gidrometeorologiya va yarimoʻtkazgich priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, q. x. mashinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema taʼmirlash va b. z-dlar bor. Qurilish materiallari sanoatida koʻplab temir-beton konstruksiyalari, silikat gʻisht, drenaj quvurlari, shisha tola z-dlari, uysozlik k-tlari barpo etilgan. Yengil sanoatda toʻqimachilik, ti-kuvchilik, koʻnchilik va poyabzal tikish tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama k-tlari, Yelgavada toʻqimachilik birlashmasi, shoyi toʻquv kti joylashgan. Ogreda yirik trikotaj k-ti, Liyepayada galantereya buyumlari kti bor.

Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va goʻsht-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi goʻsht k-tlari, Preylida pishlok, z-di va Kraslavada quruq sut z-di qurilgan, meva-konserva va un-yorma k-tlari bor, aralash yem sanoati rivojlangan. Rigada «Dzintars» parfyumeriya-kosmetika z-di bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yoʻliga moslash, jahon xoʻjaligiga qoʻshish siyosati oʻtkazila boshladi.

Qishloq xoʻjaligi goʻsht va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Q. x. ga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, shundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% pichanzor. Gʻalla ekinlaridan javdar, bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: zigʻir (asosan, sharqida) va qand lavlagi (jan. da). Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Bogʻ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning gʻarbiy qismida asalarichilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumushrang tulki, oq tulki boqib koʻpaytiriladi. 1998-y. maʼlumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotning 63%ni berdi, ish joylarining 68% shu sektor qoʻlida. Qurilish, q. x. va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxm. 95% ni tashkil etadi.

T. y. uzunligi — 2484 km, avtomobil yoʻllari — 24,2 ming km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 12 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 1437 ming t dedveyt. Asosiy portlari: Riga, Ventspils, Liyepaya. Liyelupe va Daugavaning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Rigada xalqaro aeroport bor. Tashki savdo sohasidaL. Yevropa mamlakatlari va MDH mamlakatlari bilan hamkorlik kiladi. Latviya chetga mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoat mahsulotlari chiqaradi, chetdan mashina va elektr jihozlari, kimeviy mahsulotlar, transport vositalari, toʻqimachilik buyumlari oladi. Pul birligi — lat.

Tibbiy xizmati. Davlat shifoxonalaridan tashqari xususiy kasalxonalar ham bor. Vrachlar xususiy tarzda ham bemorlarni qabul qilib, davolaydi. Shifokorlar Riga tibbiyot in-tida va chet ellarda tayyorlanadi. Yurmala, Se-gulda, Liyepaya, Kemeri, Baldone ku-rortlari mashhur.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Latviyada dastlabki maktab 1211-y. da ochilgan. 16-a. ning 2-yarmida latish aholisi uchun maorif tizimi yaratilgan. Hoz. paytda Latviyada umumiy majburiy toʻliqsiz taʼlim amalga oshirilgan, umumiy oʻrta taʼlim joriy etilgan. Mustaqillik yillarida butun taʼlim sohasini isloh qilishga kirishildi. Natijada oliy oʻquv yurtlaridagi talabalar soni 1990/91 oʻquv yilidagi 46 ming kishidan 1997/ 98 oʻquv yilida 65 ming kishiga yetdi, 1998/99 oʻquv yilida yana 5% koʻpaydi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Latviya un-ti, Riga texnika un-ti, Q. x. akademiya-si, Tibbiyot akademiyasi, Riga aviatsiya unti va b. Oʻrmon xoʻjaligi muommolari i. t. instituti, Fuqaro aviatsiyasini boshqarish avtomat tizimlari i.-t. markazi, Dengiz geol. si va geofizikasi in-ti, Yengil sanoat i.-t. inti va b. ilmiy muassasalar bor. Latviya FA faoliyat koʻrsatadi. Latviyada kutubxonalar, teatrlar, sirk, filarmoniya, madaniyat uylari mavjud. Latviya tarixi muzeyi, Latviya badiiy muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Tibbiyot tarixi muzeyi, Tabiat muzeyi, Etn. muzeyi va b. bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Latviyada nashr etiladigan asosiy gaz. lar: «Panorama Latvii», («Latviya manzarasi», rus tilidagi kundalik gaz., 1991-y. dan), «Diyena» («Kun», latish tilidagi kundalik gaz., 1990-y. dan), «Latviyas zeme» («Latviya yeri», latish tilidagi haftalik gaz., 1989-y. dan), «Latviya yaunatne» («Latviya yoshlari», latish tilidagi kundalik gaz., 1990-y. dan), «Rigas balss» («Riga ovo-zi» latish va rus tillaridagi kechki kundalik gaz., 1957-y. dan), «Tevzemes avize» («Vatan gazetasi», latish tilidagi haftalik gaz., 1990-y. dan). Latviya telegraf agentligi (LETA) mustaqil axborot agentligi boʻlib, 1989-y. da La-tinform axborot agentligi negizida tuzilgan. Latviya radio va televideniyesi, te-leradioeshittirish davlat qoʻmitasi, 1992-y. da tashkil etilgan; L. mustakil televideniyesi, 1996-y. da tuzilgan; L. Davlat radiosi, 1925-y. asos solingan; L. davlat televideniyesi, 1954-y. tashkil etilgan.

Adabiyoti. Latish millim adabiyoti 19-a. oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Latish adabiyoti oʻzining be-vosita qad. va boy folklor anʼanalari (xalq koʻshiqlari, afsona va ertaklar) taʼsirida ravnaq topdi. Folk-lorchi Kr. Baron latish xalq qoʻshiqlarining 6 jildligini (1894 — 1915) tuzdi. Yu. A. Alunan «Qoʻshiqdar» (1856) kitobini yaratdi. Xalq romantizmi vakillari — Auseklis (M. Krogzemis), A. Pumpur ijodlarida koʻproq milliy ozodlik gʻoyalari tasvirlangan. 70-y. larda dramaturgiya vujudga keldi. A. Alukar pyesalari mashhur boʻddi. 19-a. oxirgi choragida realistik oqim yoyildi (aka-uka Matis va Reynis Kaudzitlar, R. Blaumanis asarlari). Ya. Raynis, E. Veydenbaum kabi shoirlarning asarlari kengtarqaldi. R. Blaumanisning «Bahorgi ayoz», «Andrikson» kabi novellalari, «Oqpadar», «Oʻtda» va b. dramalarida dehqonlar hayoti va ijtimoiy muammolar oʻz ifodasini topgan.

1905—07 y. lardagi inqilob latish adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda Ya. Raynis asarlari oʻzining chuqur gʻoyaviyligi va dolzarbligi bilan shuhrat qozondi. Uning «Oʻt va tun» pyesasida latish xalqining ozodlik uchun olib borgan mardona kurashi oʻz aksini topgan. Adibning «Indulis va Ariya», «Iosif va uning aka-ukalari» kabi qator asarlari oʻzining yan-gi uslub, chuqur falsafiy teranligi bilan kitobxonlarni rom etdi. A. Upitning «Burjua», «Ayollar», «Oltin» kabi qissa va romanlari nashr etildi.

2-jahon urushi yillarida koʻproq poeziya rivojlandi (V. Luke, A. Grigulis, Yu. Vanag va b.). A. Upitning «Spartak» pyesasi va «Koʻkalamzor yerlar» romani shuhrat qozondi. Urushdan keyingi yillarda V. Latsis, A. Sakse, M. Kempe, J. Griva, Ya. Grant, I. Ziyedonis, A. Veyan, 3. Skuin, E. Live va b. barakali ijod qildilar.

Meʼmorligi. Latviya hududida mil. av. 1-ming yillikda urugʻ jamoalarining mustahkamlangan choʻziq doirasimon va toʻgʻri burchakli turar joylari boʻlgan. 12-a. ning oxirlarigacha yogʻochdan, keyin esa, koʻpincha, toshdan uylar qurilib, shahar tipidagi manzilgohlar vujudga kelgan. Qoʻrgʻonlar (13 — 14-a. lardan boshlab), ibodatxonalar, Rigada ratusha qurilgan. 16-a. ning 2-yarmida va 17-a. ning 1-yarmida Latviya meʼmorligida Niderlandiya meʼmorligining taʼsiri kuchli boʻldi: gotika anʼanalari keyingi Uygʻonish davri meʼmorligi bilan uygʻunlashgani koʻzga tashlanadi. 17-a. ning 2-yarmida barokko uslubi ustunlikni egalladi (Rigadagi Peter cherkovi, 1689—94). Klassitsizm hukmronligi yillarida (18-a. ning soʻnggi choragi va 19-a. ning 1-yarmi) bog oʻrtasiga qurilgan saroy majmualari vujudga keldi (Yelgavadagi saroy, 1738 — 40, meʼmor V. V. Rastrelli). 19-a. dan boshlab Latviya meʼmorligi rus klassitsizmi ruhida rivojlandi.

2-jahon urushidan soʻng vayron qilingan shaharlar tiklandi va yangilari kurila boshladi. 60—80-y. larda Rigadagi Agenskaln qaragʻayzori, Katta Yugla uy-joy majmualari, t. y. vokza-li, Dzintaridagi konsert zali va b. binolar oʻziga xos mahalliy loyihalar asosida barpo etildi. Interyerlarni bezashda yogʻoch, koshin, metall, vitrajdan foydalanildi.

Tasviriy sanʼati. Latviya xududidan topilgan eng qad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 5-ming yillikka mansub (suyakdan ishlangan dastasiga hayvonlar tasviri ishlangan xanjar). 13—19-a. larda Latviya tasviriy sanʼati Gʻarbiy Yevropa sanʼati bilan yaqin hamkorlikda rivojlandi. Ayniqsa, yogʻochdan haykallar ishlash keng tarqaldi. Latish milliy tasviriy sanʼati maktabi vujudga keldi. 20-a. ning dastlabki yillaridan grafika rivoj topa boshladi. T. Zalkaln, G. Shkilter kabi haykaltaroshlar hayot manzaralarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1920—30 y. larda plakatlar muhim oʻrin egalladi. 1920-y. da Badiiy akademiya ochildi. 20-a. 2-yarmida sanʼatda zamondoshlarning obrazlari ishonarli taʼsirchan aks ettirildi. Rassomlardan B. Ber-zin, R. Valnere, I. Zarin, E. Iltner, R. Bem, haykaltaroshlardan Ya. Zarin, V. Alberg, L. Lange va b. mashhur.

Xalq amaliy sanʼatida oʻymakorlik, yogʻochni kuydirib tasvir ishlash, kulollik, badiiy toʻqimachilik rivojlangan. Yogʻoch oʻymakorligi, charmga qolip yordamida bosib tasvir ishlash, kahrabodan buyumlar yasash, metallga zarb berib tasvirlar tushirish borasida latish sanʼatkorlari va hunarmandlari koʻrgazmalarda muvaffaqiyat bilan qatnashadi.

Musiqasi rang-barang va oʻziga xos boʻlib, asosan, mehnat taronalari, oilaviy marosim, xor va raqs qoʻshiqlari turkumidan iborat. 16-a. oxirlarida cherkov qoʻshiqlari matnlari nashr qilindi. 17 – va 18-a. boshlarida Yelgavada orkestr vujudga keldi; 18-a. dan Rigada organ chalish sanʼati ravnaq topdi. 1760-y. Riga musiqa jamiyatiga asos solindi. 1782-y. nemis opera-drama teatri ochildi. 19a. oʻrtalarida «yosh latishlar» harakati taʼsirida professional musiqali xor rivojlandi va qoʻshiqchilar jamiyati vujudga keldi. Latish klassik musiqasining asoschilari — A. Yuryan, Ya. Vitol milliy kompozitorlar maktabini yaratdilar.

1912-y. tashkil topgan Latish opera teatri 1919-y. davlat opera teatriga aylantirilib, dastlabki milliy operalar ( «Oʻt va tun», «Banyuta») vujudga keldi. 1919-y. L. konservatoriyasiga asos solindi. 1926-y. L. radiosining simfonik orkestri tashkil etildi. 1940—41 i. lari musiqali teatrlar, opera va balet teatri qayta tuzildi. 1941-y. L. davlat filarmoniyasi ochildi. Nemis fashistlari okkupatsiyasi davrida latish musiqa sanʼatiga qattiq shikast yetkazildi.

2-jahon urushidan keyin musiqa sanʼati yana rivojlana boshladi. Simfoniya (O. Barskov, E. Goldshteyn, O. Gravitis, P. Dambis va b.), kamer cho-lgʻu musiqasi (Ye. Graubinya, R. Yermak, Ya. Kepitis, V. Utkin va b.), estrada (R. Paul, G. Raman, R. Pauls va b.) ravnaq topdi. Musiqa madaniyatini keng targʻib qilish maqsadida maxsus jur. lar, toʻplamlar muntazam nashr etiladi.

1905—07 y. larda Riga grammofon firmalari Toʻychi Hofiz, Levicha hofiz, Hamroqul qori va b. xonandalar ijrosida oʻzbek musiqa merosi namunalarini plastinkalarga yozib olgan. Oʻzbekistonda latish, Latviyada oʻzbek musiqa kunlari oʻtkazib kelinadi.

Teatri. Latish xalq ijodining qad. anʼanalari mehnat jarayoni, urf-odat marosimlari bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, toʻy marosimlarida nikrbli oʻyinlar odat tusiga kirib qolgan. 16 — 17-a. larda Rigada lotin tilida drama maktablari, 18-a. ning 60-y. larida nemis truppasi va 19-a. ning 50-y. larida rus teatri tashkil etildi. 19-a. boshlarida latish tilida birinchi spektakllar qoʻyildi. 1868-y. da dastlabki havaskorlar truppasi tashkil etildi, uning negizida birinchi professional Riga latish teatri (1870—1918) vujudga keldi. Unga milliy dramaturgiyaning asoschisi A. Alunan raxbarlik qildi. 1902-y. da yangi Riga teatriga asos solindi, uning sahnasida Ya. Raynis pyesalari oʻynaldi (bu teatr 1905-y. da yopildi). 20-a. ning 20—30-y. larida E. Similgis, Ya. Zarin kabi teatr arboblari ilgʻor demokratik sahna anʼanalarini davom ettirishdi. Keyingi yillarda A. Amtman-Briyedit, V. Balyu-nay, Ya. Yaunushan, A. Linin kabi rej. lar latish va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi asarlarini sahnaga qoʻydilar. Mashhur aktyorlari: Ya. Osis, A. Klints, L. Eriki, J. Katlapa, L. Ber-zin, E. Radzin, E. Pavuls va b. L. da 7 ta teatr bor.

Kinosi. Latviyada kino i. ch. 1910—11 y. lardan boshlangan. Dastlab voqeiy hujjatli filmlar ishlab chiqarilgan. 1913-y. «Haqiqat qayerda?» badiiy filmi yaratildi, 20-y. larda xususiy filmlar suratga olindi, 1939-y. ishlangan «Baliqchi oʻgʻli» filmi latish kinematografiyasining birinchi yutugʻi hisoblanadi. 2-jahon urushidan soʻng latish milliy kino sanʼati ravnaq topdi. «Gʻalaba bilan qaytish», «Raynis» kabi badiiy va tarixiy biografik filmlar yaratildi. 50—60-y. larda «Baqorgi ayoz», «Yangi sohilga», «Boʻron», «Qilich va atirgul» kabi badiiy filmlar ekranlashtirildi. Soʻnggi yillarda Riga kinostudiyasida xilma-xil mavzu va janrlarda rang-barang kartinalar yaratildi («Edgar va Kristina», «Oʻlim soyasida», «Suvdagi shoʻla», «Esaber, shabada!» va b.).

Oʻzbekiston — L. munosabatlari. Ikki mamlakatning yangi sharoitdagi oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish uchun avvalo huquqiy negiz yaratish lozim edi. Oʻzbekiston Prezidenta I. Karimovning 1995-y. L. Respublikasiga tashrifi va Latviya prezidentining 1996-y. Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi chogʻida, ikkala mamlakat vazirlarining oʻzaro safarlari vaktida turli sohalarda hamkorlik qilish haqida bitimlar imzolandi. Oʻzbekiston — L. hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik komissiyasining majlislarida muhim masalalar hal etiladi. Bu ishlarning natijasida OʻzR bilan Latviya oʻrtasidagi tovar aylanmasi sa-noat va q. x. ning turli tarmoqlarida muttasil ortib bordi. Chunonchi, 1994-y. da tovar aylanmasi 13 mln. 165 ming, 1995-y. da 18 mln. 790,5 ming, 1996-y. da 26 mln. 123,4 ming, 1997-y. da 54 mln. 183,6 ming, 2000-y. da 133,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzR dan Latviyaga paxta tolasi, organik kimyoviy birik-malar, shoyi, meva va sabzavotni kay-ta ishlash mahsulotlari, gazlama va kalava ip yuborilsa, u yerdan qand-shakar va qandolat, qora metalldan yasalgan buyumlar, transport vositalari, bugʻ qozonlari, mexanik uskunalar, qogʻoz va karton, trikotaj kiyimlar, elektr asbob-uskunalari, noorganik kimyo mahsulotlari, kauchuk va rezina buyumlar, kofe, choy, un, mebel va b. mollar olinadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tovarlarini Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga yuborish uchun Latviya portlaridan foydalaniladi.

Mamlakatlarning ayrim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatilgan. Jumladan, dori-dar-mon yetkazib berish, sayyoxlarni kutib olish va ularga xizmat koʻrsatish haqida kelishuvga erishilgan. «Oʻzbekiston havo yoʻllari» va «Boltik Eyrlaynz» kompaniyalari hamkorlik haqida bitim imzoladilar. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Latviyaning «Kapital bank», «Pareks bank», «Riyetumi bank», «Lateko bank», «Bank Lend», «Saules bank», Riga tijorat banki bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. «Oʻzbekmebel» aksiyadorlik jamiyati, OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining tashqi savdo birlashmalari, «Oʻzmarkazimpeks» birlashmasi Latviya dagi turdosh tashkilotlar b-n amaliy hamkorlik va savdo-sotiq qilish haqida kelishib olgan. «Oʻztashqitrans» birlashmasi 1992-y. dan boshlab Riga, Venspils, Liyepaya portlari va t. y. orqali 800 ming tonnadan koʻproq turli yuklar: paxta tolasi, burdoy, kandshakar, kartoshka, yogʻ, mis, rux kabilarni tashidi.

Oʻzbekistonda latviyalik investorlar ishtirokidagi 10 ta va Latviya kapitali 100% boʻlgan 1 ta korxona roʻyxatga olingan. Ularning asosiy faoliyat so-hasi elektron, radio aloqa vositalari, umumiy mashinasozlik buyumlari, kiyim-kechak, mebel, shoyi i. ch., dorixonalar xizmati, marketing tadqi-qotlari oʻtkazish, oʻzaro sarmoya sarflanishini ragʻbatlantirish va himoya qilishdan iborat. OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida Latviyaning 3 firmasi vakolatxonalari rasmiylashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: LATVIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты