LATVIYA UNIVERSITETI

LATVIYA UNIVERSITETI — Latviyadagi birinchi milliy oliy oʻquv yurti. Latviyadagi yirik oʻquv, madaniy va ilmiy markaz hisoblanadi. Riga sh. da joylashgan. 1919-y. tashkil etilgan. 1940—58 y. larda Latviya davlat un-ti, 1958—90 y. larda P. Stuchka nomidagi Latviya davlat un-ti deb nomlangan; 1990-y. dan hoz. nomda. 1990-y. teologiya f-ti, 1998-y. tibbiyot f-ti faoliyati tiklandi. Latviya universitetida 12 f-t va 24 i. t. instituta, kutubxona (2,1 mln. dan ortiqasar), botanika bogi, fan va texnika muzeyi (6 filiali b-n) bor (1999); 1998/99 oʻquv yili untda 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi, 1560 oʻqituvchi, jumladan, 116 prof. ishladi. Latviya universitetida taʼlim fanning 24 tarmogʻi, jumladan, tibbiyot va teologiya boʻyicha bakalavr, magistr, d-rlik darajasini olish taʼminlanadigan dastur boʻyicha olib boriladi. Un-t bir nechta ilmiy jur. nashr etadi.


Lotin alifbosida maqola: LATVIYA UNIVERSITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
LATVIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты