LATIPOV Abdugʻani (1878-1953) – naqqosh, samarqandlik usta. Usta Naim, usta Abduzohid bilan ishlab hunar oʻrgangan. Xoʻja Yusuf, Mahmud Xorazmiy masjidlari, Abdu Darun masjidi ayvoni (1908—09, shift toʻsinida «amali usta Abdugʻani» yozuvi saqlangan), Koʻk masjid, Shayboniyxon masjidi, Bogʻi Baland masjidi (1910) va b. jamoat binolarini bezashda qatnashgan. Naqshlarining ulgu, andazalari toʻplami muzeylarda saqlanmoqda.