LEVKON I (Leukon) — arxont, Bospor davlati podshosi (mil. av. 389/388 — 349/348). Uning davrida keng bosqinchilik yurishlari amalga oshirilgan. Bospor davlatiga Feodosiya (taxm. mil. av. 380), Sharqiy Qrim, Kuban boʻylarida yashovchi qabilalar (sindlar, toretlar va b.) qoʻshib olingan. Keng hosildor yerlarning bosib olinishi, Bospor gʻallasining (ayniqsa, Afina-ga) eksport qilinishini rivojlantirgan; bu Bosporning iqtisodi va madaniyatining rivojlanishiga yaxshi taʼsir qilgan. Levkon I1 davrida Pantikapey sh. da 1-marta oltin tangalar zarb qilish boshlangan (taxm. mil. av. 375).