LEKSIKOLOGIYA

LEKSIKOLOGIYA (leksika va…logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. Leksikologiya har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. Leksikologiyaning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiyada soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, suz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. Leksikologiya lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasni-fiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi. Ad.: Tursunov U. va b., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1965; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-j., T., 1966; Mirzayev M. va b., Oʻzbek tili, T., 1970. Bozorboy Oʻrinboyev.


Lotin alifbosida maqola: LEKSIKOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



STILISTIKA
LUGʻAT
ETIMOLOGIYA
LEKSIKOGRAFIYA
TILSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты