KISLOTABARDOSH MATERIALLAR

KISLOTABARDOSH MATERIALLAR — kislotaga chidamli materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik) xillarga boʻlinadi. Metall Kislotabardosh materiallarga temir asosidagi qotishmalar (yuqori legirlangan va uglerodli poʻlatlar, choʻyanlar), rangli va nodir metallar (mas, nikel, mis, alyuminiy, titan, sirkoniy, oltin, platina) va ularning qotishmalari kiradi. Metallmas (anorganik) Kislotabardosh materiallar, odatda, silikat kislotalar toʻzlaridan iborat boʻladi. Bunday materiallarga tosh holatda quyilgan materiallar, silikat va kvars shishalar, kislotabardosh beton va sementlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, emallar va togʻ jinslari — asbest, granit, beshtaunit, andezit, va b. kiradi. Organik Kislotabardosh materiallar — polietilen, polivinilxlorid, polipropilen, ftoroplastlar, sintetik kauchuk asosidagi rezinaning baʼzi turlari va b. eng keng tarqalgan. Kislotabardosh materiallar kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida, mashinasozlik hamda elektrotexnikada qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: KISLOTABARDOSH MATERIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TITAN
YER
KIMYO
METALLAR
NIKEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты