LEON — Ispaniyaning shim. qismidagi shahar. Leon tarixiy viloyatida, Kastiliya-Leon muxtor viloyatining maʼmuriy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 140 ming kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziq-ovqat sanoati kor-xonalari, arxeologiya muzeyi bor. Sha-harga rimliklarning harbiy lageri sifatida asos solingan, 10—13-a. larda Leon qirolligi poytaxti. 11 — 16-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklaridan cherkov, gotika sobori va b. saqlangan.