KITOBI DADAM QOʻRQUT

«KITOBI DADAM QOʻRQUT» («Qoʻrqut ota kitobi») — oʻrta asrlar oʻgʻuz eposining yuksak namunalaridan biri. Uning tarkibiga kirgan hikoya va dostonlarning ayrimlari 7—8-a. larda ogʻzaki ravishda yaratila boshlangan. Asosiy dostonlari 9—10-a. larda oʻgʻuzlar Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yashagan davrlarda yuzaga kelgan. Ular bu ulkan yodgorlikning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Qoʻrqut haqidagi afsona va rivoyatlarning ogʻzaki ravishda Turkiston xalqlari orasida keyingi davrlargacha saklanib qolishiga sabab boʻlgan.

Oʻgʻoʻz qabilalarining saljuqiylar rahnamoligida Gʻarbga siljishi natijasida ilgari yaratilgan dostonlar va rivoyatlarga yangilari qoʻshilib, Kavkaz va Kichik Osiyoda Koʻrqut va Qozonbek (Solor K°zon) haqida butun bir dostonlar turkumi vujudga keldi. Ogʻzaki ravishda yaratilgan va kuylanib kelingan bu asarlar bizga nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzonlar (baxshilar)dan yozib olinib, 15-a. oʻrtalarida «Kitobi dadam qoʻrqut Q.»ga tartib berilgan. Ogʻzaki kuylanib kelingan dostonlar «Kitobi dadam qoʻrqut Q.» tarkibiga kiritilganda, ularga muayyan bir adabiy ishlov berilgan.

«Kitobi dadam qoʻrqut Q.» kirish qism va 12 ta boʻy (doston)dan iborat. Kirish qismida Koʻrqut ota haqida maʼlumotlar berish bilan birga uning nomidan bir qancha otalar soʻzi (xalq maqollari) keltirilgan. Kitobga kiritilgan dostonlar quyidagilardir: 1. Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon. 2. Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi. 3. Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak. 4. Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani. 5. Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul. 6. Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali. 7. Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak. 8. Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi. 9. Bagil oʻgʻli Emron. 10. Ushunxoʻja oʻgli Sakrak. 11. Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani. 12. Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi.

«K. d. K»ning ikki qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ular Drezden va Vatikan kutubxonalarida saqlanadi. Bu qoʻlyozmalarni olimlar 19-a. dan boshlab oʻrganib keladilar. Uni rus tiliga dastlab V. V. Bartold tarjima qildi va 1894—1904-y. larda 1—3 va 5-dostonlarini asl nusxa bilan birgalikda nashr etdi (1962-y. da toʻla ravishda nashr etildi). Turkiyada dastlab Kilisli Muallif Rifat 1916-y. da toʻla ravishda nashr etdi. Undan keyin Oʻrxon Shoyiq Koʻkyoy, Muharram Ergin nashrlari yuzaga keldi. Ozarbayjonda ham 1939-y. dan beri muntazam ravishda nashr etilib, oʻrganilib kelinadi. Oʻzbekistonda esa 1939-y. da Hodi Zarif kitob tarkibidagi uchinchi doston «Bamsi Bayrak»ni «Oʻzbek folklori» majmuasida nashr etgan, xolos.

«Kitobi dadam qoʻrqut Q.» dunyo miqyosida keng oʻrganilib kelinayotgan, oʻgʻoʻz va b. turkiy xalqlar tarixi, folklori, etnografiyasini oʻrganishda katta ahamiyatga ega asarlardan biridir.

Ad.: Kniga mosgo deda Korkuta, M, 1962. Toʻra Mirzayev


Lotin alifbosida maqola: KITOBI DADAM QOʻRQUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
YER
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты