KITOBIY DOSTONLAR

KITOBIY DOSTONLAR — yozma ada biyot taʼsirida yaratilgan xalq ogʻzaki poetik asarlari turi. Kitobiy dostonlarda oʻziga asos boʻlgan manbaga koʻra, romaniq yoki qahramonlik dostonlariga xos xususi-yat saqlangan boʻlishi mumkin. Unda dostonlarga xos boʻlgan jangovarlik xususiyati kamroq boʻlsada, oila va jamiyat ziddiyatlari bilan kelisha olmagan muhabbat mavzui asosiy oʻrinni egallaydi. Mas, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Baxrom va Gulandom» dostonlarining xalq variantlari Navoiy asarlari asosida, «Vomiq va Oʻzro» yunon romanlari mavzui asosida yuzaga kelgan. Baʼzi Kitobiy dostonlar Aniq bir adabiy man-ba asosida emas, balki muayyan kitobiy syujetlar taʼsirida yaratilgan («Sanobar», «Zevarxon» va b. dostonlar). «Oshiq Gʻarib», «Malikai Dilorom», «Tohir va Zuhra» kabi dostonlarda ogʻzaki hamda yozma adabiyotdagi turli shakllar, anʼanalar oʻzaro chatishib ketgan. Baxshilar, xalq dostonchilari ijrosidagi Kitobiy dostonlarda xalqning ishq-muhabbat, sadoqat, ezgulik va b. maʼnaviy-axloqiy fazilatlar haqidagi ilgʻor qarashlari, orzulari aks etadi (yana q. Doston).

Ld..Razzoqov H., Mirzayev T. va b., Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980.


Lotin alifbosida maqola: KITOBIY DOSTONLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
XALQ IJODI
YUNONISTON
YER
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты