LIMFA

LIMFA (lot. lympha — tiniq suv, namlik) — odam va umurtqali hayvonlarning limfa tomirlari va limfa tu-gunlarida boʻladigan oqsil tabiatli, tarkibiga koʻra, qrn plazmasiga yaqin rangsiz yoki och sariq suyukdik. Organizmda Limfa hujayralar va toʻqimalarni oziq moddalar bilan taʼminlash hamda moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash funksiyasini bajaradi. Limfa qondan toʻqimalarga uzluksiz oʻtib turuvchi kislorod va oziq moddalarga boy toʻqima suyukligidan hosil boʻladi; hujayralardan toʻqima suyuqligiga ajralib chiqqan moddalar almashinuvi mahsulotining bir kismi qaytadan qonga oʻtadi, qismani esa suyuqlik bilan limfa kapillyarlariga oʻtib, Limfa hosil qiladi. U tarkibi va xossalariga koʻra, qon plazmasidan farqlanadi (oqsili, solishtirma ogʻirligi va yopishqoqgshgi kam boʻladi va h. k.). Odam tanasida taxm. 1-2 l L. boʻladi, u limfa kapillyarlari, limfa tomirlari va limfa yoʻllari boʻylab harakat qilib, venoz qonga quyiladi. Limfa suyuq qism (limfoplazma) va shaklli elementlardan tashkil topgan. Limfoplazma tarkibiga oqsillar, glyukoza, mineral moddalar, neytral yogʻlar kiradi. Limfaning shaklli elementlari limfotsitlar, monotsitlar va leykotsitlarnnt baʼzi turlaridan iborat (q. Qon). Biroq aʼzo faoliyati kuchayganda unda Limfa hosil boʻlishi tezlashadi. Limfaning mikdori va kimyoviy tarkibi, jumladan, undagi yogʻ va oqsilning foiz mikdori uning qaysi aʼzodan oqib keli-shiga, mazkur aʼzodagi moddalar alma-shinuvining xususiyatlariga bogʻliq. Mac, yogʻli ovqat yegandan soʻng ichak limfa tomirlarida koʻp miqdorda yogʻ boʻlganligi tufayli Limfa oq rangga kiradi. Ichki sekretsiya bezlaridan oqadigan Limfada esa maʼlum miqdorda gormonlar boʻladi. Limfa tugunlarida Limfa limfotsitlar bilan boyiydi. Limfa tugunlaridan bir necha marta oqib oʻtib, filtrla-nadi (toʻqimalardan oʻtgan bakteriyalardan va b. zararli moddalardan tozalanadi) (q. Limfa sistemasi).


Lotin alifbosida maqola: LIMFA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KISLOROD
LIMFA SISTEMASI
OKEAN
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты