LIMFA TUGUNLARI, limfa bezlari — odam va yuksak umurtqali hayvonlarning limfa sistemasi tuzilmalari. Limfa tugunlari qon yaratish aʼzosi (k,. Qon) va kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar, ularning toksinlari va umuman zaharli moddalar uchun toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Shu tariqa limfaning biologik filtri hisoblanadi. Limfa tugunlari pushti-kulrang, qalin kapsula bilan qoplangan, dumalok, yoki oval shaklli tuzilmalardan iborat; ularda limfo-sitlar hosil boʻlgani uchun limfoid aʼzolar deb ham ataladi. Limfa tugunlari immunobiologik jarayonlar va limfa oqimi (harakati)ni tartibga solib turadi. Limfa tugunlari «darvoza»sidan chiqib, limfa olib ketuvchi tomirlar oʻzaro qoʻshilib, limfa stvolini hosil qiladi, ular ikkita yirik limfa yuliga aylanadi, bulardan vujudga kelgan yirik tomirlar boʻyinda yirik vena kon tomiriga tutashadi. Limfa bilan oqib kelgan kasallik qoʻzgʻatuvchilarini Limfa tugunlari hujayralari qisman yoki butunlay yutib yuboradi (q. Fagotsitoz). Baʼzi kasalliklar (angina, epidemik parotit va b.)da Limfa tugunlari shishib, kattalashib ketadi (yana. q. Limfadenit, Limfogranulematoz).