LINGVISTIK GEOGRAFIYA

LINGVISTIK GEOGRAFIYA, dialektografiya — dialektologiyaning bir boʻlimi, unda lahja va shevalarga xos lisoniy unsurlar va hodisalarning hududiy tarqalishi oʻrganiladi. Lingvistik geografiya maʼlum hududda tar kalgan til xrdisalari (tovushlar, grammatik shakllar, soʻzlar)ni aniqlaydi, hududiy til xususiyatlarini xalq tarixi, til tarixi bilan bogʻliq holda qiyoslab, tushuntirib, maʼlum til qodisalarining oʻrni va tarqalish chegarasini atlas va xaritalar orqali ifodalaydi. Xarita ham, atlas ham Lingvistik geografiyaning ifoda vositasi boʻlib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yoʻllarini, aniq bir lahjaning paydo boʻlishi va mavjudligining sabablarini, shuningdek, sheva xususiyatlarining adabiy tilga boʻlgan munosabati va oʻzaro munosabati masalalarini tushuntirib berishdir. Lingvistik geografiya 19-a. ning oʻrtalarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda esa lingvogeografik usulda shevalarni oʻrganish 1940-y. larda boshlangan.


Lotin alifbosida maqola: LINGVISTIK GEOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GEOGRAFIYA
XITOY
TOSHKENT
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты