LINGVISTIK TAHLIL

LINGVISTIK TAHLIL — til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va b. xususiyatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Mac, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtayi nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi;

2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida xar bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati, vazifasi, maʼnosi va sh. k. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi xamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va b. xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, – n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va sh. k. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi:

1) leksikologik tahlil;

2) frazeologik taxlil;

3) semasiologik taxlil;

4) fonetik tahlil;

5) imloviy taxlil;

6) orfoe-pik taxlil;

7) morfem taxlil;

8) sintaktik tahlil;

9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil.

Azim Hojiyev.


Lotin alifbosida maqola: LINGVISTIK TAHLIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SOʻZ YASALISHI
YER
SHAKL YASALISHI
TOSHKENT
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты