LINZA

LINZA (nem. Linse, lot. lens — yosmiq; ikki tomoni qavariq shisha) — 1) optikada — ikkala tomoni sferik (yoki boshka shakldagi) sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism; yorugʻlik oqimi shaklini oʻzgartirib beradi. Asosan, optik sistemalarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Linza, koʻpincha, shishadan tayyorlanadi; inf-raqizil nurlar yoki ultrabinafsha nurlar uchun shaffof moddalar (kvars, flyuorit va b.) dan tayyorlanadi. Linza sirtining koʻrinishi koʻpincha sferik, maxsus Linza larda esa sferik boʻlmasligi ham (mas, silindrik) mumkin. Odatda, sferik sirtlar bilan yoki bitta sferik sirt va bitta yassi sirt b-n chegaralangan Linzalar keng qoʻllanadi. Shak-liga koʻra, Linzalar qavariq va botiq xillarga boʻlinadi. Sferik sirtlarning S, va S2 markazlari orqali oʻtgan MM, toʻgʻri chiziq L. ning bosh optik oʻqi, O nuqta optik markazi deb ataladi. Linzaning optik markazi orqali burchak ostida oʻtuvchi har qanday toʻgʻri chiziqlar Linzaning qoʻshimcha optik oʻqlari deyiladi.

Linzani koʻplab prizmalarning yigʻindisi deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Qavariq Linzalar parallel nurlar dastasini yigʻib beradi [ularni yigʻuvchi (musbat) Linzalar deyiladi]; Botik Linzalar yorugʻlikni har tomonga tarqatib yuboradi [ularni tarqatuvchi (manfiy) Linzalar deb ataladi]. Parallel nurlarni musbat Linza larda bir nuqtada — L. ning bosh fokusida, manfiy Linza larda esa (tarqalayotgan nurlarni) Linzaning mavhum bosh fokusida yigʻish mumkin. Manfiy Linza larda buyumning mavhum tasviri, musbat Linza larda haqiqiy, ammo teskari tasviri oli-nadi. Linzaning optik markazidan foku-sigacha boʻlgan masofa L. ning fokus masofasi deyiladi. Optik asboblarda, Linza larning optik aberratsiyasi tufayli, bir necha Linzalar ishlatiladi;

2) akustikada — tovush yoʻnalishini oʻzgartira oladigan (tovushni fokuslaydigan) qurilma. Optik Linza kabi akustik Linza ham ikki ish sirti bilan chegaralanadi. Bu ikki sirtning sindirish koʻrsatkichi asosiy tav-sifi boʻladi. Shu sababli L. materiali shaffof boʻlganida uning toʻlqin qarshiligi muhitning toʻlqin qarshili-giga yaqin boʻlishi shart. Akustik L. kattiq, suyuq, gazsimon moddadan iborat boʻlishi mumkin. Havoli L. lar radioapparaturalarda, qattiq va suyuq L. lar defektoskopiyada, tibbiyot diagnostikasida qoʻllanadi, shuningdek, ultra-tovushdan foydalanish (texnika va biologiya)da uni konsentratsiyalash (yigʻish) uchun ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: LINZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
YORUGʻLIK
QAVARIQ JISM
KOʻZGU


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты