LITIY

LITIY (lito… va lot Lithium) , Li — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 3, at. m. 6,941, ishqoriy metallarga mansub. Ikkita barqaror iztopi bor: 6Li (7,52%) va 7Li(92,48%). 1817-y. da shved kimyogari A. Arfvedson kashf qilgan. Litiy tabiatda keng tarqalgan. Yer poʻstining massa jihatdan 6,5-10~3% ni tashkil qiladi. 30 ga yaqin minerali maʼlum. Asosiy minerallari: spodumen LiAl[Si2O6], lepidolit K, 5A1, 5[SiAll0] (F2OH)2 va petalit (Li,Na)[Si4A10lo]. L. kumushdek oqmetall (havoda xiralashib, qoramtir parda bilan qrplanadi) yengil, yumshoq, choʻziluvchan, pichoq bilan kesiladi. Zichligi 533 kg/m3 , suyuqlanish t-rasi 180,54°, qaynash t-rasi 1340°. Brinell boʻyicha qattiqligi 7850Pa. Barcha birikmalarida Litiy bir valentli. Kislorod b-n bevosita reaksiyaga kirishganda yoki isitilganda (havorang alanga berib yonadi) litiy oksid hosil qiladi. Suv bilan birikkanda litiy ishqori LiOH hosil qilib vodorod ajratib chiqaradi. Mineral kislotalar bilan faol reaksiyaga kirishib, tuzlar beradi. Azot, vodorod, galogenlar, uglerod, kremniy, fosfor birikmalari va b. koʻpgina moddalar b-n reaksiyaga kirishadi. Metallorganik birikmalar hosil kila olish Litiyning muhim xususiyati. Shunga koʻra, organik sintezda koʻp qoʻllaniladi (q. Litiyorganik birikmalar). Litiy olish uchun tarkibida 0,25—30% litiy oksid boʻlgan ruda boyitiladi. Natijada hosil boʻlgan mineral (spodumen, lepidolit, petalit) konsentratlaridan Litiy ajratib olinadi. Sanoatda Litiy metali litiy xlorid va kaliy xlorid aralashmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Hoz. vaqtda Litiy metallotermik usul bilan ham olinmoqda. Metall Litiy quyma, donalar, sim, sterjen shaklida chiqarilib, vazelin yoki parafin qatlami ostida (germetik idishda) saqlanadi. Litiy yadro energiyasi i. ch. da, silikat sanoatida, kora va rangli metallurgiyada, kimyo, toʻqimachilik sanoatlarida va q. x. da ishlatiladi. Litiyning asaosiy birikmalari. Litiy gidrid , LiH — rangsiz kristall. Suyuklanish t-rasi 692° (inert atmosferada): zichligi 776 kg/m3. Sanoatda Litiy, shuningdek, deyterid LD suyuk, Litiyni toza vodorod (yoki D2), bilan 630—730°da bevosita gidrirlab olinadi. Vodorod va yoqilgʻi olishda, sintezda ishlatiladi. Litiy gidroksid, LiOH — rangsiz kristall; zichligi 1440 kg/m1, suyuklanish t-rasi 473°. 1000° da Li2O va N2O ga parchalanadi. Konsentratlangan eritmalar odatdagi t-rada shisha va chinnini, qizdirilganda koʻpgina metallarni (nikel, oltin va kumushdan boshqa) yemiradi. Litiy va uning oksidlarini suvda eritib va b. usullarda olinadi. Ishqorli akkumulyatorlarda, stearat, oleat va palmitat kabi birikmalarini olishda va pro-tivogazlarda, suv osti kemalarida, aeroport va samolyotlarda karbonat an-gidridni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Litiy karbonat, Li2CO3 — rangsiz kristall; zichligi 2111 kg/m3, suyuklanish t-rasi 732°, bundan yuqori t-rada parchalanadi. Suvda oz eriydi. Sanoatda potash, koʻpincha, sodani Litiy tuzlari eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Pirotexnikada, kora metal-lurgiyada, shisha va sopol buyumlar, plastmassalar va b. i. ch. da qoʻllaniladi.

Litiy oksid, Li2O — rangsiz kristall; zichligi 2013 kg/m3, suyuklanish t-rasi 1453°. 200°da havoda qizdirib olinadi. Litiy LiNO, ni 600°da (mis ishtirokida), LiCO3 ni 700° da parchalash yoʻli bilan ham olinadi. Maxsus shishalar olishda, sir, emallar va b. i. ch. da qoʻllaniladi.

Litiy ftorid Gʻ — rangsiz kristall; suyuklanish t-rasi 849°, qaynash t-rasi 1700°, zichligi 2600 kg/m3, 1000° da bugʻlana boshlaydi. Suvda juda sekin, nitrat va sulfat kislotada oson eriydi. Metallarni eritish va payvandlashda, kislotaga chidamli shaffof shisha, emal va sirlar, lyuminofor va lazer materiallar i. ch. da qoʻllaniladi.

Litiy xlorid, LiCl — rangsiz kristall; zichligi 2070 kg/m3, suyuklanish t-rasi 610°, qaynash t-rasi 1382°. Suvda yaxshi eriydi. Litiy xlorid spirt va b. organik erituvchilarda erishi bilan NaCl va KS1 dan farq qiladi. Xavoni konditsiyalashda, organik sintezda, fotoreagentlar i. ch. da, batareya va flyuslar tayyorlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: LITIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KISLOROD
KALSIY
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты