LIQ-LIQ

LIQ-LIQ, xolodes — mol, qoʻy, buzoqlarning kalla-pochalaridan tayyorlanadigan yaxna taom. Mol yoki qoʻyning kalla-pochalari, oyoq qismi kuydirilib, yaxshilab tozalanadi, soʻng boʻlaklarga boʻlinadi, suyaklari esa chopilib, 3—4 soat sovuq suvga solib qoʻyiladi. Goʻshtsuyaklar yaxshilab yuvil-gach, qozonga sovuq suv (1 kg kalla-pochaga 3 l suv hisobida) quyib 6—8 soat davomida sust olovda mildiratib qay-natiladi. Tayyor boʻlishidan 1 soat oldin 1—2 dona sabzi, dafna yaprogʻi, qalampir, sarimsoq, murch va qirqilgan oshkoʻklar solinadi. Masalliq hil-hil boʻlib pishgach, shoʻrva ustidagi yogʻi, dafna yaprogʻi va qalampir olib tashlanadi, goʻsht va paylar esa suyaklardan ajratilib mayda-mayda qilib toʻgʻraladi. Chuqur likopchalarga taqsimlanib (har bir likopchaga yarimtadan qattiq pishgan tuxum ham solish mumkin), soʻngra ustiga shoʻrvasidan quyib, salqin joyda sovitiladi. Tayyor L.-l. oshkoʻklar bilan dasturxonga tortiladi.


Lotin alifbosida maqola: LIQ-LIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHOʻRVA
QARTA
TUZLASH
GOʻJA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты