KLASSITSIZM

KLASSITSIZM (lot. classicus — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qad. Yunon va Rim sanʼati merosida shaqllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va sanʼatdagi uslub, yoʻnalish. Klassitsizm tarafdorlari 17—19-a. larda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri anʼanalarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va eʼzozlash), oʻz zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali oʻz davrlarining etik — axloqiy va siyosiy muammolarini koʻtarishta harakat qildilar. Klassitsizmda ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, Klassitsizm rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-a. Fransiyada shakllangan Klassitsizm oʻzida absolyutizm gʻoyalarini ifodalagan boʻlsa, 18-a. ga kelib Klassitsizm yangi dunyoviy ideallar, maʼrifatparvarlik gʻoyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. Klassitsizmga xos belgilar dastlab Italiya nafis sanʼatida (16-a. ning 2-yarmi) paydo boʻlgan (A. Palladio, J. Vinyola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va amaliy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h. k.), 17-a. ga kelib Fransiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda Klassitsizm ildamlab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-a. ga kelib umumevropa uslubiga aylandi.

Klassitsizm estetikasi ratsionalizm tamoyillari asosiga qurilgan boʻlib, badiiy asarga aql va mantiq natijasi sifatida qaraladi. Klassitsizm sanʼati «oliy» (tarixiy, mifologik, diniy) va «kichik», «past» (manzara, portret, natyurmort janrlari)ga ajratildi. Klassitsizm nazariyasining shakllanishida Parijda tashkil topgan qirollik akademiyalari — rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) faoliyati muhim oʻrin egalladi. Klassitsizm tamoyillari nafis sanʼatda, meʼmorlikda shaqllarning geometrik aniqligi va ritmik mantiqiy rejalashtirilishi va antik meʼmorlik shaqllaridan keng koʻlamda foydalanishda yorqin namoyon boʻldi.

Adabiyotda Klassitsizm adabiyotni ijtimoiy hayot taraqqiyoti talablari bilan uzviy aloqada bulishini taqozo etdi va shu bilan adabiyot hamda sanʼat (ayniqsa teatr) ning oʻz zamonasining ilgʻor pozitsiyasida turib rivojlanishiga xizmat qildi. Ammo Klassitsizmning dogmata aylangan ojiz tomonlari adabiyot taraqqiyotiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi. Klassitsizm hayotni izchil haqqoniyat bilan emas, balki «tozalab», maʼlum ijtimoiy va estetik talablar qolipiga solib tasvirlashni talab etdi. Bu bilan adabiyotda izchil realizmning paydo boʻlishiga, ijodning keng va erkin rivojlanishiga sabab boʻldi.

Klassitsizmda adabiy janrlar «oliy» va «past» tarzda tasniflanib, ular orasiga qatʼiy chegara ham qoʻyilgan. «Oliy» janrga tragediya, epopeya va qasida kiritilgan, ularda davlat xayoti, tarixiy voqeahodisalar, miflar tasvirlangan va ularning asosiy qahramonlari qumondonlar, davlat boshliqlari, mifologik personajlar, din peshvolari boʻlgan. Klassitsizmning «past» janriga esa komediya, satira va masal kiritilgan. Boʻlarda urtahol insonlarning kundalik hayotidan olingan voqea-hodisalar tasvirlanishi koʻzda tutilgan. Har bir janr orasida shu kabi aniq farklar boʻlgan. Yuksak va past, tragik va komik holatlar tasvirining aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmagan. Klassitsizmda tragediya yetakchi janr qisoblanadi. Klassitsizmning bu «oliy» janri fransuz dramaturglari (P. Kornel, J. Rasin) ijodida yuksak darajaga kutarilgan boʻlsa, «past» janrlar sanalgan masal (J. Lafonten), satira (N. Bualo), komediya (Molyer) ham oʻzining oliy nuqtasiga kutarilgan. Klassitsizmning estetik asoslari Bualoning «Sheʼriy sanʼat» (1674) dostonida bayon etilgan.

Mazkur yoʻnalish Yevropa mamlakatlari adabiyotiga ham kirib bordi. Angliyada Aleksandr Pop (1688—1744), Jozef Addison (1672-1719), Italiyada Vattorio Alferi (1749—1803), Germaniyada I. V. Gyote (1749—1832), F. Shiller (1759—1805), Rossiyada A. P. Sumarokov (1717—77), Ya. B. Knyajnin (1740—91) va b. ijodkorlarning asarlarida yetakchilik qildi. 18-a. oxiri va 19-a. boshida K. Yevropada tanaz-zulga uchradi. U hayot b-n aloqasini tobora yoʻqotib, tor shartlilik doirasida depsinib qoldi. Shundan soʻng 19-a. da adabiyotdagi Klassitsizm oʻrnini boshqa ijodiy metod va adabiy-estetik yoʻnalishlar egalladi. Klassitsizm jahon madaniyati tarixida insoniyatning maʼnaviymaʼrifiy tafakkuri va estetik didiga jiddiy taʼsir etadigan gʻoʻzal asarlarga asos boʻlgan metod sifatida qoldi.

Musiqada Klassitsizm uslubi 17-a. da paydo boʻlib, birinchi navbatda opera janrida oʻz aksini topdi (Fransiyada J. B. Lyulli, Italiyada «neapolitan opera maktabi» vakillari). Unga xos estetik va ijodiy tamoyillar badiiy asarlardagi aniq mantiqiy gʻoya, tugal va mukammal kompozitsion tuzilish, musiqa janrlari oʻrtasidagi chegaralarning aniqligida namoyon boʻladi. Shu bilan birga Klassitsizmda ijodiyotdagi aql va hissiyot hamda haqqoniyat va gʻoʻzallik asoslarining oʻzaro muvozanati muhim oʻrin tutadi. 18-a. da Klassitsizm uslubi Yevropaning boshka mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Rossiya va b.)da ham tarkib topdi va oʻz choʻqqisiga koʻtarildi (q. Vena klassik maktabi). Shu davr Klassitsizm oqimi maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanib, muayyan asarlarida izchil xalqchillik, hayotni ichki ziddiyatlarning dinamik rivoji orqali, toʻlaqonli aks ettirilishi bilan ajralib turdi (yana q. Simfonizm).

Meʼmorlikda Klassitsizm uslubida qurilgan meʼmoriy kompozitsiyalarda meʼmorlik orderlari tizimi muhim rol oʻynadi. Klassitsizm meʼmorlari koʻpincha order va ularning nisbatlari hamda shaqllarini antik davrdagiga xos koʻrinishda ifodalashga harakat qildilar. Klassitsizm meʼmorligida shaqllar jiddiy va sipo, fazoviy kenglik yechimining aniqligi hamda meʼmorlikda ishlatilgan unsur (kolonna, pilyastr, friz, karniz va b.)larning aniq, ritmga boʻysunganligi, rang va shaql ritmining aniqligi bilan xarakterlanadi. Klassitsizm uslubida qurilgan bino interyerlari (xona, dalon, zal va b.) ham oʻz badiiy yechimi bilan ajralib turadi. Xonalarda qoʻllanilgan rang, shaql va chiziqlar «aql b-n tartibga keltirilganligi» oʻziga xosdir. Sipo, jiddiy ishlangan bezaklar qam undagi jiddiylik va vazminlikka xalaqit bermaydi. Klassitsizm meʼmorlari antik davr merosidan, uning meʼmorlik unsur va ohanglaridan keng foydalanish b-n birga ularning umumiy arxitektonika qonunlari mohiyatini bilishga ham xarakat qiladilar.

Klassitsizm meʼmorligining asosiy uslubi boʻlgan order tizimi antik davr meʼmorligi order tizimiga yaqin va shu bilan birga yangi davr ruhi bilan sugʻorilganligi koʻzga tashlanib turadi. Bu xususiyat nisbat va shaqllarning oʻzgarmagani holda birmuncha nafislashgani, bosiqligi hamda texnologiyasi (tosh, beton, temir va b.), ustun va toʻsin yaratishda ishlatilishi hamda Klassitsizm binolarining interyerlari ham oʻziga xosdir. Ularda ishlatilgan shaql, ranglar mayin, fazoviy kenglik boʻlinishlari aniq. Mahobatli moyboʻyoq rassomligi ham Klassitsizm interyerlarida keng ishlatilgan. Unda rassomlar istiqbolning illyuzion imkoniyatlaridan unumli foydalanganlar. Bu rasmlar bino umumiy gʻoyaviy-estetik mazmuniga hamohang boʻlib, Klassitsizm meʼmorligiga xos ulugʻvorlik va salobatlilik tomonlarini yanada boʻrttirishga xizmat qildi. Shaharsozlik Uygʻonish davri va barokkoga xos xususiyatlarga tayangan holda rivojlanib shakllandi. «Ideal shahar» yoʻriqnomasi ishlandi (Versal), 18-a. ning 2-yarmida planlashtirishning yangi uslubi shakllandi. Shahar qurilishida binolarni tabiat bilan uygʻunlashtirishni taʼminlash, keng ochiq maydonlar tashkil etish, ularni kucha va daryo (anhor) yoqalari boʻylab qoʻshib ishlash boshlandi. Shaqllarning maqsadga muvofiqligi, ixcham bezaklarning nozikligi, tabiat bilan uygʻunligi 18—19-a. boshlarida «palladiochilar» ijodida oʻz aksini topdi (shahar va shahardan tashqaridagi saroy-uylar va villalar).

Oʻzbekistonda Klassitsizm belgilari 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida meʼmorlik sanʼatida V. Geynselman, A. Benua, G. Svarichevskiy qabilar ijodida (SharqVizantiya, Rim-Vizantiya shaqllari) qoʻllanildi. Bino kapitelida ioni orderi oʻrnida uslublashtirilgan paxta bezagi oʻz ifodasini topdi. Maʼmuriy binolar bosh tarzini qator ustunli baland va hashamatli qilib barpo qilishda qad. mumtoz uslub qoʻllanilib, milliy meʼmorlik anʼanalari qoʻshimcha qilingan.

Tasviriy sanʼatda Klassitsizm barokkoga, 18-a. dan esa rokoko sanʼatiga qarshi kurashda rivojlandi. Tasvirlar uygʻun, jozibador, ulugʻvor, tantanali boʻlishiga ahamiyat berilib, obrazlar hashamatli qiyofa va shaqllarda ifodalandi. Kartinalarda voqea ishtirokchilari birinchi plandagilar bilan (sahnadagidek) yonma-yon koʻrsatildi. Fransiyada Klassitsizm 17-a. 1-yarmida toʻla shakllandi (rassom N. Pussen va b.), keyin Yevropa mamlakatlarida tarqaldi. 18-a. 2-yarmida, 19-a. boshlarida hukmron uslubga aylandi (Fransiyada rassom J. David, Germaniyada rassomlardan A. va V. Tishbeynlar, A. Mengo, haykaltarosh I. Shadov, Italiyada xaykaltarosh A. Kanova). 19-a. boshida AQSH va Lotin Amerikasida, Rossiyada 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida tarqaldi (hay-kaltarosh I. Prokofyev, I. Martos, rassomlar A. Losenko, A. Ivanov va b.).

Haykaltaroshlik sanʼatida Klassitsizm shaqllarning tugalligi, tinik, ishlanganligi, nursoya oʻyinining nozikligi, chiziklarning musiqaviyligi va ritmi bilan ajralib turadi. Harakatning koʻrsatilishi har bir shaql tugalligi va haykal holatidagi vazminlikni boʻzmaydi.

Rangtasvir va grafikada ham Klassitsizm oʻz koʻrinishiga ega. Rangtasvirda shaqlning asosiy unsurlaridan chiziq va nursoya yetakchi oʻrinni egallaydi.

Klassitsizmning soʻnggi bosqichida rangtasvir monoxrom rang gammasiga oʻta boshlaydi. Grafikada esa asosiy sof (toza) va tiniq chiziklar asarning emotsional tomonini belgilovchi va asar gʻoyasini yorituvchi vositaga aylandi. Klassitsizm rangtasvirida buyum va obrazlar tasviri ixcham, xarakter jihatidan spektr ranglariga yaqin. Bu ranglar kartina (asar)da tasvirlangan buyum va manzara planlarini aniq, ifodalaydi. Mas, manzara janrida birinchi plan issiq-jigarrang, oʻrta plan yashil va orka plan moviy, koʻk ranglarda ifo-dalangan. Bu jixatdan asarlar sahna dekoratsiya (bezak)lariga yaqinlashadi.

Oʻzbekistonda Klassitsizmning soʻnggi koʻrinishi — akademizm yoʻnalishi koʻproq S. Yudin, R. Zommer, I. Karnovlarning syujetli kompozitsiyalarida oʻz ifodasini topdi.

Teatr sanʼatida Klassitsizmning yuzaga kelishi fransuz aktyorlari G. Mondori va J. Floridor faoliyati bilan bogʻliq. J. Rasin davrida shogirdlari T. Dyupark va M. Shanmele ijodida uslub sifatida poyoniga yetdi. Ayniqsa, Fransiya teatridagi Klassitsizmning yaqqol koʻrinishi E. Rashel ijodida namoyon boʻldi. Klassitsizm spektakllarida tarixiy aniqlik yetishmagan, zamonaviy qahramonlar antik dunyo kahramonlari qiyofasida talqin qilingan. Spektakllar umumiy tantanavorligi, qatʼiy shaklga egaligi va mizansahnalar tuzilish jihatdan simmetriyaga asoslanganligi bilan ajralib turgan.

Klassitsizm dagi demokratik, realistik yoʻnalishlar J. Molyerning sahnaviy islohotida, aktyorlar M. Baron va A. Lekuvryor ijodida, konservativ yoʻnalishlar saroy teatrida namoyon boʻldi. 18-a. 2-yarmida Klassitsizm dagi progressiv yoʻnalish burjua maʼrifatparvarligi goyalari bilan uzviy bogʻlangan. K. Neyber (Germaniya), T. Betterton va J. Kembl (Angliya) kabi artistlar ham Klassitsizmning yirik vakillaridir. Fransuz burjua rev-yasi davri (1789—94) da F. Talma rahbarligida ilgʻor teatr arboblari Klassitsizmning grajdanlik tendensiyalarini revolyutsion — qahramonlik darajasiga koʻtardi. Keyinchalik Klassitsizm sanʼatida revolyutsion mazmun yoʻqolib, sahna oʻyini ritorik formal xususiyatga ega boʻldi. E. Rashel ijodi fransuz teatridagi Klassitsizmning yorqin koʻrinishi edi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Klassitsizmning estetik normalari «Komedi Fransez» teatrida J. Mune-Syulli, Sara Bernar kabi aktyorlar ijrosida oʻz aksini topdi.

18-a. ning 30—50-y. larida Rus Klassitsizmi Gʻarbiy Yevropa Klassitsizm ining asosiy xususiyatlarini saqlab qoldi, unda maʼrifatparvarlik gʻoyalari, norozilik mavzulari, kamchiliklarni hajv qilish keng oʻrin egalladi.

Ad.: Russkaya literatura XVIII v. Epoxa klassitsizma (Sb. st.), M. — L., 1964; Vipper Yu. B., Formirovaniye klassitsizma vo fransuzskoy poezii nachala 17 v., M., 1967; Renessans, Barokko, Klassitsizm. Problema stiley v zapadnoyevropeyskom iskusstve 15—17 vekov, M., 1968; Vseobщaya istoriya arxitekturы v 12 tomax, t. 7, M., 1969; Rotenberg Ye. I., Zapadnoyevropeyskoye iskusstvo 17 veka, M., 1971 (Pamyatniki mirovogo iskusstva, vыp. 4, 1-ya seriya).


Lotin alifbosida maqola: KLASSITSIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
YUNONISTON
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты