LOKOMOTIV

LOKOMOTIV (lot. loco moveo — joyidan quzgʻataman) — temir izlar (t. y.)da ayrim vagonlar yoki poyezdlarni tortib yurishga muljallangan transport vositasi. Dizel-poyezdlar, turbopoyezdlar, elektrpoyezdlar tarkibiga kiradigan motorli vagonlar hamda avtodrezina va motodrezinalar ham Lokomotiv vazifasini oʻtaydi. Lekin motorli vagonlar va drezinalarda yoʻlovchilar va yuk tashish uchun oʻrinlar va joylar boʻladi. Umuman t. y. dagi barcha tortish vositalari Lokomotiv hisoblanadi. Dastlabki Lokomotiv 19-a. boshida Buyuk Britaniyada, keyinchalik (1834) Rossiyada (parovoz) yasalgan va deyarli 1 a. mobaynidat. y. da yagona tortish vositasi hisoblangan. 20-a. boshida parovozlarni ancha takomillashgan teplovoz va elektrovoz siqib chiqara boshladi.

Bajaradigan ishiga qarab, Lokomotivlar magistral va sanoat L. lariga bulinadi. Magistral Lokomotivlar umumiy foydalaniladigan t. y. da, sanoat Lokomotiv lari esa z-dlar, konlar, shaxtalar, qurilish maydonlari va b. da ishlatiladi. Magistral Lokomotivning yuk tashiydigan va yoʻlovchi tashiydigan poyezdlarni tortish uchun, manevr qilish (poyezdlar tuzish), vagonlarning oʻrnini almashtirish uchun muljallangan xillari bor. L. ensiz va enli izlarda yurish uchun xam moʻljallab ishlab chiqariladi.

Birlamchi energiya manbai turiga qarab, Lokomotiv issiklik va elektr L. lariga boʻlinadi. Issiklik Lokomotivlari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Bularda energiya ishlab chiqaradigan alohida (xususiy) kuch qurilmasi boʻladi. Elektr Lokomotivlari kontakli va akkumulya-torli elektrovozlardan iborat. Parovozni bugʻ mashinasi, teplovoz va motovozni inki yonuv dvigatel, gaz-turbovozni gaz turbinasi, elektrovoz va elektr poyezdni elektr dvigateli va akkumulyator harakatlantiradi. Asosiy Lokomotiv lardan tashqari har xil aralash Lokomotivlar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar va b. (bular unchalik keng tarqalmagan). Hozir, asosan, teplovoz va elektrovozlardan foydalaniladi, tezligi 200 km/soatdan oshadigan aviatsiya gaz turbinali turbovozlar (Angliya, Rossiya), magnit va havo yostiqli Lokomotiv (tezligi 500 km/soat gacha) yaratilgan (Yaponiya), yoqilgʻi elementlar va yadro reaktorlardan foydalanib ishlaydigan energetik qurilmali Lokomotiv loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: LOKOMOTIV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: L harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
TEMIR YOʻL TRANSPORTI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты