KLIMAKS

KLIMAKS (yun. klimakter — zinapoya) , klimakteriya davri — jinsiy faoliyatning susayib, keksaya borish davriga oʻtish pallasi. Ayollarda xam, erkaqlarda ham kuzatiladi. Klimaksning yuzaga kelishi jinsiy bezlar faoliyatining susayishi b-n birga organizmda vaqtincha roʻy beradigan oʻzgarishlarga asoslangan. Klimaksda ayollarning hayz koʻrishi oʻzgaradi; gipotalamus — gipofiz — tuxumdonlarda funksional oʻzgarishlar vujudga keladi. Hayz qoni toʻxtab-toʻxtab keladi, baʼzan koʻp va uzoq ketib, nihoyat butunlay toʻxtaydi (menopauza). Yurak-tomir va nerv sistemasining funksiyasi boʻziladi: boshiga qon koʻp kelib, yuzi qizaradi, badani avval qizib, keyin junjiydi va sovuq ter bosadi, halloslaydi, qulogʻi shangʻillaydi; ayol salga qoʻzgʻaluvchan yoki mayus boʻladi, xotirasi pasayadi, sababsiz betoqat boʻladi, boshi ogʻriydi, uyqusi boʻziladi va h. k. Baʼzan yuragi oʻynaydi, yurak sohasida ogʻriq seziladi. Klimaksda paydo boʻladigan alomatlar organizmning umumiy holatiga bogliq. Koʻpchilik ayollarda sezilarsiz oʻtishi, bu ularning umumiy ahvoliga taʼsir etmasligi ham mumkin. Klimaks davri ogʻirroq kechganida qalqonsimon bez faoliyati (yurak oʻynashi, qoʻl qaltirashi) va moddalar almashinuvining buzilishi (ayol semirib yoki juda ozib ketadi), ruhiy iztirob, xayajonlanish, nevroz, psixopatiya va b. xrlatlar kuzatiladi.

Klimaks, odatda, 45—50 yoshlarda boshlanadi, u odatdagidan ertaroq (40 yoshgacha — erta Klimaks) yoki kechroq (55 dan keyin — kechikkan Klimaks) roʻy berishi ham mumkin. Bu mehnat, turmush tarzi, iqlim sharoiti hamda irsiy xususiyatlarga, shuningdek, ayolning yetuklik davri qanday oʻtganligiga (abort, tugʻish, jinsiy hayoti va b.) bogʻliq. Klimaks davrini oʻtkazayotgan ayol baʼzan boʻyida boʻlib tugʻishi ham mumkin. Erkaqlarda Klimaks bir qadar kechroq — 60 yoshlarda kuzatiladi; neyro-gumoral oʻzgarishlar, yurak sohasida ogʻriq, xotira va ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik va b. noxush alomatlar paydo boʻladi. Klimaks, erkak yo ayol organizmida kechishidan qatʼi nazar, unga xos dastlabki alomatlar paydo boʻlishi bilan vrachga uchrashish va tegishli maslahatlar olish zarur. D a v o s i : mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, miriqib uxlash, suv muolajalari, badan tarbiya; dori-darmonlar — gormonlar, vitaminlar va b. buyuriladi.


Lotin alifbosida maqola: KLIMAKS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYZ
YER
NERV SISTEMASI
JINSIY HAYOT
VITAMINLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты